Prezidentimizning 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish vahududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Jizzax viloyatining barcha shahar vatshirilmoqdaumanlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga o.
2022 yil 17 aprelda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilishi rejalashtirilgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tamal toshi qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu “Yangi O‘zbekiston” massivi kechagina qir-adirlardan iborat yaydoq hudud huvillab yotgan dasht edi. Bu joyda
ayni paytda kichik shaharcha qad rostlamoqda. Barpo etilayotgan birinchi 16 qavatli ko‘p xonali uy foydalanishga topshirishga tayyor. Qurilib bitkazilgan mazkur 16 qavatli turar joyning har bir qavatidagi 5 tadan ikki va uch xonali 80 oilaga mo‘ljallangan yangi xonadonlarning kalitlari bugun-erta “Yangi O‘zbekiston” massiviga ko‘chib keladigan fuqarolarga, ya’ni o‘z egalariga topshiriladi. Har bir xonada pardozlash ishlari did bilan amalga oshirilgan, barcha kommunikasiya tarmoqlari to‘liq o‘rnatilgan. Inshootlar yangi innovasion texnologiya, energotejamkor materiallardan bunyod etilmoqda. Ob’ektlarning tashqi devoriga qish mavsumida sovuqni, yozda jazirama issiqni o‘tkazmaydigan, Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan, energiyatejamkor bazal’t plitalari o‘rnatilmoqda.



