|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Yo‘lsozlikni rivojlantirish mavzusida seminar

Muhim xabarlar

Talabalik – cheksiz imkoniyatlar davri, ulkan maqsadlar sari olib boruvchi, umrimizning zavqu shavqqa to‘lgan eng go‘zal pallasidir. Bu davrda olingan bilim esa kelajakdagi orzular sari ildam qadam hisoblanadi

Bugungi kunda yurtimiz talabalariga bu borada yaratilgan keng imkoniyatlarga havas qilsak, arziydi. Xususan, ularning kelajakda tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi uchun tegishli tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilayotgan seminar va tadbirlar esa bo‘lajak kadrlar uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, bu borada “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ hamda Toshkent Kimyo xalqaro unversiteti bilan hamkorlikda tashkil
etilgan seminar ham kelgusida yaxshi natija berishiga ishonamiz. “Yo‘l loyiha
byurosi” MChJ bugungi kunda yo‘llarni loyihalash bo‘yicha yurtimizda yaxshi natijalarga erishib kelayotgan tashkilotlardan biridir. Shu sababli, yurtimizdagi qurilish sohasiga aloqador oliy o‘quv yurtlari bilan ko‘plab hamkorlik
aloqalari o‘rnatilgan. Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi kafedrasi, yo‘l harakatini boshqarish ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar ham ularda katta taassurot uyg‘otdi.
Seminarda MChJning loyiha bosh mutaxassisi Behzodjon Xoliqov tomonidan “Avtomobil’ yo‘llarini loyihalash bosqichida harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash va ularga qulaylik yaratish” mavzusida taqdimot qilindi. O‘ylaymizki, qizg‘in savol-javob va muhokamalarga boy o‘tgan uchrashuvda olgan bilimlari kelajakda talabalarga asqatishi shubhasiz.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img