|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

BINO VА INShOOTLАRNING ZILZILАBАRDOShLIGINI OShIRISh HАMDА SEYSMIK XАVFNI MONITORING QILISh FАOLIYATINI TАKOMILLАShTIRISh ChORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА

Muhim xabarlar

Soʼnggi yillarda dunyoda talafotli zilzilalar soni ortib, ular aholi hayoti va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalariga jiddiy taʼsir koʼrsatayotganligi sababli seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini doimiy takomillashtirib borish doirasida mavjud va qurilayotgan bino-inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash, zilzilani prognozlash, monitoring qilish hamda unga tayyorgarlik koʼrishda davlat organlari va tashkilotlarining oʼzaro aloqalarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli, seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini yanada oshirish, kuchli zilzilalarni prognoz qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va ularga tayyorgarlik koʼrishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida:

  1. 2024 yil 1 iyundan boshlab:
    MSK-64 shkalasi boʼyicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda
    yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obʼektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalaribilan loyihalashamaliyoti yoʼlga qoʼyilsin; aktiv seysmik himoyalash qurilma-larini oʼrnatish qurilish ishlariga
    masʼul boʼlgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilishi belgilansin.
    Mazkur bandning toʼliq va soʼzsiz ijrosini taʼminlash uchun masʼullar etib Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
  2. 2024 yil 1 iyuldan boshlab:
    yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa boʼlgan obʼektlarga bino va inshootlarning yuk koʼtaruvchi konstruktsiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini oʼrnatish majburiy etib belgilansin;
    bino va inshootlarning yuk koʼtaruvchi konstruktsiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunalaridan olinadigan maʼlumotlarning yagona bazasini yuritish orqali monitoring qilish tartibi joriy etilsin. Mazkur band doirasida bino va inshootlarning yuk koʼtaruvchi konstruktsiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunalari majburiy oʼrnati-lishini nazorat qilish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi (B. Zakirov), ulardan olinadigan maʼlumotlarning yagona bazasini yuritish va monitoring qilish uchun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Tulaganov) masʼul etib belgilansin.
  3. Shunday tartib oʼrnatilsinki, unga muvofiq 2024 yil 1 iyuldan bosh­lab:
    MSK-64 shkalasi boʼyicha 5 va undan yuqori ballik yer silkinishi sodir boʼlganda bino va inshootlarning holati boʼyicha yuk koʼtaruvchi konstruktsiyalarni avtomatik monitoring qilish uskunalaridan olingan maʼlumotlar tezkor ravishda tahlil qilinadi;
    bino va inshootlarda aniqlangan xavf boʼyicha zudlik bilan Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʼyicha respublika kengashiga (keyingi oʼrinlarda – Respublika kengashi) axborot kiritiladi;
    Respublika kengashi uch kun muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda zilzila natijasida aniqlangan bino va inshootlarning zaif nuqtalarini mustahkamlash va xavfni bartaraf etish choralarini belgilab, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi. Mazkur bandda nazarda tutilgan tartibning yoʼlga qoʼyilishi va
    bir maromda ishlashini taʼminlash uchun masʼul etib Respublika kengashi (А.Аripov) belgilansin.
  4. Bino va inshootlar hududlarning seysmik faolligiga muvofiq ravishda qurilishini tashkil etish maqsadida:
    2024 yil 1 iyulga qadar respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtirilsin hamda ularning onlayn bazalari shakllantirilsin;
    2024 yil 1 avgustdan boshlab xavflilik omili III – IV toifa boʼlgan obʼyektlarni hududning zilzilalar kuchini koʼrsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar ba’zalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etilsin. Mazkur band doirasida mintaqaviy akselerogrammalarni raqamlashtirish uchun masʼul etib Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (А.Qoʼldashev), bino va inshootlarni mintaqaviy akselerogrammalarga muvofiq
    loyihalash va qurish ishlarini nazorat qilish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi (D. Аdilov) masʼul etib belgilansin.
  5. 2024 yil 1 iyundan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa boʼlgan obʼyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimibilan loyihalash tartibi joriy etilsin.
    Bunda, seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa boʼlgan obʼyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ularda kuchli zilzila sodir boʼlganda gaz va elektr tarmoqlarini avtomatik bloklash tizimi mavjud boʼlgan hollardagina shaharsozlik hujjatlari ekspertizasidan oʼtkazilishi belgilansin. Mazkur bandning toʼliq va soʼzsiz ijrosini taʼminlash uchun masʼul etib Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi (B. Zakirov) belgilansin.
  6. Sodir boʼlgan zilzilalar va fasllardagi namgarchiliklar taʼsiridan choʼkkan hamda deformatsiyalar paydo boʼlgan bino va inshootlarni mustahkamlash ishlariga ilgʼor, zamonaviy va xavfsiz yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
    2024 yil 1 iyulga qadar texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion inʼektsiya texnologiyasi orqali mus­tahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshirilsin;
    2024 yil 1 oktyabrga qadar eksperiment natijalari asosida bino va inshootlar poydevorini mustahkamlash va deformatsiyalarini bartaraf etishda yer ostidan “kompensatsion inʼektsiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubini amaliyotga toʼliq joriy etish choralari koʼrilsin. Mazkur band doirasida “kompensatsion inyeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubini amaliyotga joriy etish uchun masʼul etib Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B.Tulaganov), eksperiment uchun obʼektlarni taqdim etishga masʼul etib Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi (K. Toʼlaganov) belgilansin.
  7. Qurilishda davlat nazorati sifatini oshirish maqsadida 2024 yil 1 iyuldan boshlab yangi qurilayotgan obʼektlarning xavf­ xatar toifasini hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida hududiy inspektorlarning ish tajribasini
    inobatga olgan holda davlat nazoratini amalga oshirishishlari tashkil etilsin.
    Mazkur bandning toʼliq va soʼzsiz ijrosini taʼminlash, qurilishda davlat nazoratini amalga oshirishda uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspektsiyalari shtat birliklari sonini qayta koʼrib chiqish uchun masʼul etib Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi (K. Toʼlaganov) belgilansin.
  8. Quyidagilar:
    Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish boʼyicha “yoʼl xaritasi” (keyingi oʼrinlarda – “Yoʼl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
    Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri boʼyicha seysmik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan hududiy chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalari (keyingi oʼrinlarda – hududiy chora-tadbirlar rejalari) 2 – 15-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
  9. “Yoʼl xaritasi” va hududiy chora-tadbirlar rejalarida belgilangan vazifalarning oʼz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan:
    “Yoʼl xaritasi” boʼyicha – tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlariga;
    hududiy chora-tadbirlar rejalari boʼyicha – Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin. Respublika kengashi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Yoʼl xaritasi” va hududiy chora-tadbirlar rejalarida belgilangan vazifalarning sifatli va oʼz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish uchun masʼul etib belgilansin.
  10. Respublika kengashi (А. Аripov), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (B. Tulaganov) 2024 yil 1 avgustga qadar Respublika kengashi aʼzolari hamda sohaga masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislarini seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilish nazorati sohasi boʼyicha rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborishni tashkil etsin. Respublika kengashi aʼzolari hamda sohaga masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislarini xorijga yuborish bilan bogʼliq xarajatlar (transport, mehmonxona, kunlik va boshqalar) Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʼllab­quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi belgilansin.
  11. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 mayga qadar hududlarning zilzilaga tayyorgarlik koʼrish rejalarini tasdiqlasin va qonunchilikka muvofiq ushbu reja asosida aholini zilzilaga tayyorlash ishlarinitashkil etib borsin.
  12. Hududlarda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʼrish ishlarini aniq ilmiy prognozlarga asosan tashkil etish maqsadida 2024 yil 1 maydan boshlab:
    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (keyingi oʼrinlarda – Markaz) tomonidan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritish amaliyoti yoʼlga qoʼyilsin;
    xulosalarda kuchli zilzila xavfi haqida ogohlantirish boʼlganda, tegishli hududlar rahbarlari tomonidan hududlarning zilzilaga tayyorgarlik koʼrish rejalariga muvofiq ishlar tashkil etilsin. Mazkur bandning toʼliq va soʼzsiz ijrosini taʼminlash uchun masʼullar etib Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qoʼchqorov), Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
  13. 2024 yil 1 iyundan boshlab respublika hududida boʼlib oʼtgan zilzilalar monitoringi, ularning ilmiy tahlili va faol tektonik yer yoriqlarining harakatlari orqali yaqin kelajakda kutilayotgan kuchli zilzila xavfi bor hududlarni aniqlashamaliyoti yoʼlga qoʼyilsin.
    Bunda:
    seysmoprognostik monitoring amalga oshirilishini tashkil etish, boʼlib oʼtgan zilzilalarning raqamli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va qayta ishlash– Markaz tomonidan;
    zilzilalarning vujudga kelish mexanizmi, darajasi va zilzila darakchilarining turli geodinamik jarayonlarda namoyon boʼlishi, shuningdek, yaqin kelajakda kutilayotgan kuchli zilzila xavfi bor hududlarni aniqlash– Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilansin. Kuchli zilzila xavfi bor hududlar aniqlanganda, bu haqidagi maʼlumotlar zudlik bilan Res­publika kengashigakiritib borilsin.
  14. 2024 yil 1 maydan boshlabhar bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlarini shakllantirish amaliyoti yoʼlga qoʼyilsin.
    Bunda, volontyorlik guruhlariga jalb qilingan fuqarolarga har chorakda qonunchilikka muvofiq kuchli zilzilada harakatlanish qoidalari va tartibi oʼrgatilib, bu yoʼnalishdagi bilim va koʼnikmalari oshirib borilsin. Mazkur bandda nazarda tutilgan amaliyotni toʼliq joriy etish, volontyorlar guruhlari faoliyatini doimiy ragʼbatlantirib borish uchun masʼul etib Favqulodda vaziyatlar vazirligi (А. Qoʼldoshev) va Yoshlar ishlari agentligi (А. Saʼdullaev) belgilansin.
  15. Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligining Fanlar akademiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan Zilzila muhandisligi olimlari assotsiatsiyasini (keyingi
    oʼrinlarda – Аssotsiatsiya) tashkil etish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
    Аssotsiatsiyaga 16-ilovaga muvofiq asosiy vazifalar yuklatilsin.
  16. Quyidagilar:
    Аssotsiatsiya vazirlik va idoralarning sohaga masʼul mutaxassislari va olimlar hamda xorijiy mutaxassislardan iborat tarkibda Fanlar akademiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda shakllantirilishi va har uch yilda yangilab borilishibelgilansin;
    Аssotsiatsiya tomonidan har chorakda tayyorlanadigan takliflar Respublika kengashi tomonidan har yarim yilda muhokamadan oʼtkazilishi va asoslangan takliflar zudlik bilan amalga oshirilishi taʼminlansin.
  17. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini aholi va keng jamoatchilikka tushunarli tarzda yetkazishishlarini tashkil etish maqsadida:
    a) Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (А. Djurabaev):
    Favqulodda vaziyatlar vazirligi (А. Qoʼldoshev) bilan hamkorlikda fuqarolarning zilzila vaqtida toʼgʼri harakatlanishiga bagʼishlangan koʼrsatuvlar, lavhalar, roliklar va eshittirishlar tayyorlanishini;
    ishlab chiqilgan media mahsulotlar Milliy teleradiokompaniyaning barcha tele­ va radiokanallarida tizimli ravishda efirga uzatilishini taʼminlasin;
    b) Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (А. Xodjaev) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (А. Qoʼldoshev) bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda seysmik xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirish jarayonlari, shu jumladan, fuqarolarning zilzila vaqtida toʼgʼri harakatlanishi boʼyicha tashkil etilayotgan qoʼmondonlik ­shtab, maxsus­taktik va obʼyekt oʼquv mashqlari haqidagi toʼliq maʼlumotlarning keng yoritilishinitashkil etsin.
  18. Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʼzgartirish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri А.X.Qoʼldoshev hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri B. I. Zakirov belgilansin. Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.N.Аripov zimmasiga yuklansin. Аmalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʼgʼrisida har yarim yil yakunlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.

    O’zbekiston Respublikasi
    Prezidenti Sh. MRIZIYOYEV

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img