Bugun yurtimizda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan tadbirlar Xorazm viloyatining chekka hududlariga ham kirib bormoqda. Bu dasturlar orqali ko‘chalar obod, mahallalar yanada chiroy ochmoqda.
Yangiariq tumanidagi Xo‘jalar mahallasida ana shu mezonlar asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni namunali tashkil etish masalalariga
bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Belgilangan chora-tadbirlar
bo‘yicha mahallada 5 kilometr ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, 1,1 kilometr
qismini asfal’t qilish, 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish, 60 dona
tungi yoritgich o‘rnatish rejalashtirilgan.



