|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Surxondaryo: BARQAROR RIVOJLANISh YO‘LIDA

Muhim xabarlar

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyatida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qurilish va infratuzilma yo‘nalishidagi ishlarning kengayishi viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi turmush farovonligini yaxshilashda muhim omil bo‘lmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Angor, Sherobod va Termiz tumanlarida bo‘lib, bir qator strategik loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishdi.

Termiz shahrida barpo etilayotgan “Yangi Termiz City” majmuasi – bu faqatgina bino emas, balki shaharning yangi yuzi, rivojlanish sari tashlangan qadam hisoblanadi. Ushbu majmuada savdo markazlari, mehmonxonalar, ofis binolari, zamonaviy
ko‘p qavatli turar joylar, sun’iy ko‘llar, yer osti avtoturargohlari va ijtimoiy ob’ektlar qurilishi rejalashtirilgan. Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i – aholiga qulay yashash muhiti yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan yana bir yirik loyihadir. 55,5 gektar yer maydonida qurilayotgan ushbu majmuada 74 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha, oilaviy poliklinika va bog‘ barpo etiladi. Bu esa nafaqat aholini uy-joy bilan ta’minlash, balki ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashda ham katta ahamiyatga ega.Термиз шаҳрида барпо этилаётган “Yangi Termiz City” мажмуаси – бу фақатгина бино эмас, балки шаҳарнинг янги юзи, ривожланиш сари ташланган қадам ҳисобланади. Ушбу мажмуада савдо марказлари, меҳмонхоналар, офис бинолари, замонавий
кўп қаватли турар жойлар, сунъий кўллар, ер ости автотураргоҳлари ва ижтимоий объектлар қурилиши режалаштирилган. Термиз туманидаги “Янги Ўзбекистон” массиви ва боғи – аҳолига қулай яшаш муҳити яратиш мақсадида амалга оширилаётган яна бир йирик лойиҳадир. 55,5 гектар ер майдонида қурилаётган ушбу мажмуада 74 та кўп қаватли уй, мактаб, боғча, оилавий поликлиника ва боғ барпо этилади. Бу эса нафақат аҳолини уй-жой билан таъминлаш, балки ижтимоий инфратузилмани яхшилашда ҳам катта аҳамиятга эга.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img