Bo‘stonliqning baland tog‘lari o‘rtasida, Chotqol daryosining sersuv irmoqlari bo‘yida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES shunchaki qurilish emas, balki kelajak avlod uchun barpo etilayotgan ekologik toza energiya manbai hamdir. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan bu ulkan loyiha nafaqat energetika tizimi uchun yangi imkoniyat, balki texnologik ilg‘orlik va ekologik barqarorlik timsolidir.
GESning yuragi bo‘lmish to‘g‘on bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor sinovdan o‘tayotgan – bosib zichlangan beton (RCC) texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. 60 metr balandlik, 270 metr uzunlik va 7,5 metr ustki kenglikka ega bu inshoot oddiygina to‘g‘on emas, u texnikaviy aniqlik va muhandislik mahoratining majmui ham hisoblanadi. Bu texnologiya tufayli qurilish muddatlari deyarli
ikki barobarga qisqaradi, suv sarfini esa aniq va samarali boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Betonning har bir qatlami qat’iy mezonlar asosida
tayyorlanib, mashinalar yordamida tekislanadi, zichlanadi, mustahkamlanadi.
Inshoot qurilishiga Germaniya, Italiya va Turkiya kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari jalb etilgan. Masalan, sement ishlari zamonaviy
avtomatlashtirilgan uskunalar yordamida, hatto dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan boshqariladi. Beton’tarkibiy qismlar esa bevosita loyiha
hududidan olinayotgan inert materiallar asosida ishlab chiqarilmoqda.
Yana bir yutuqli jihat, O‘zbekistonda ilk bor to‘g‘on yuvish galereyasida M800
markali beton quyilgan bo‘lib, bu yerda suv bosimi ostida uzoq yillar xizmat
qiluvchi quyma temir plitalar bilan qoplangan strukturaviy asoslar barpo etildiГЭСнинг юраги бўлмиш тўғон бугунги кунда Марказий Осиё минтақасида илк бор синовдан ўтаётган – босиб зичланган бетон (РCC) технологияси асосида барпо этилмоқда. 60 метр баландлик, 270 метр узунлик ва 7,5 метр устки кенгликка эга бу иншоот оддийгина тўғон эмас, у техникавий аниқлик ва муҳандислик маҳоратининг мажмуи ҳам ҳисобланади. Бу технология туфайли қурилиш муддатлари деярли
икки баробарга қисқаради, сув сарфини эса аниқ ва самарали бошқариш имконияти пайдо бўлади. Бетоннинг ҳар бир қатлами қатъий мезонлар асосида
тайёрланиб, машиналар ёрдамида текисланади, зичланади, мустаҳкамланади.
Иншоот қурилишига Германия, Италия ва Туркия каби давлатларнинг етакчи компаниялари жалб этилган. Масалан, цемент ишлари замонавий
автоматлаштирилган ускуналар ёрдамида, ҳатто дунёнинг исталган нуқтасидан масофадан бошқарилади. Бетоньтаркибий қисмлар эса бевосита лойиҳа
ҳудудидан олинаётган инерт материаллар асосида ишлаб чиқарилмоқда.
Яна бир ютуқли жиҳат, Ўзбекистонда илк бор тўғон ювиш галереясида М800
маркали бетон қуйилган бўлиб, бу ерда сув босими остида узоқ йиллар хизмат
қилувчи қуйма темир плиталар билан қопланган структуравий асослар барпо этилди

