Ichimlik suvi – inson hayoti uchun eng muhim tabiiy boyliklardan biri hisoblanadi. Uning manbalari cheklangan va tabiat biri hisoblanadi. Uning manbalari cheklangan va tabiat insonlar kundalik ehtiyojlari uchun ichimlik suvidan foydalanadi. Biz iste’mol qilayotgan ichimlik suvi epidemik jihatdan xavfsizligi, kimyoviy tarkibi bo‘yicha zararsizligi,
yoqimli (ijobiy) organoleptik xususiyatlarga egaligi, radiasiya
jihatdan xavfsizligi hamda inson organizmining ichimlik suviga
bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasiga kelishi uchun bir qator
texnologik bosqichlardan o‘tadi va toza ichimlik suvi iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Manbadan olinayotgan suvni iste’molga yaroqli bo‘lgan ichimlik suviga aylantirish anchagina mehnat va mashaqqat bilan birga moliyaviy mablag‘ni ham talab qiladi. Shunga qaramay, bu qimmatli resursdan foydalanish jarayonida ko‘p hollarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmoqda. Ayniqsa, ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazib berish tizimida bu muammo yanada dolzarb tus olmoqda.

