Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlar uchun qulay va
zamonaviy maskanlar barpo etish, eng muhimi, tabiat va atrof-muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, Surxondaryo
viloyatining tog‘li hududlari, suv omborlari va ko‘l sohillarida ekoturizmni
rivojlantirishga keng yo‘l ochilmoqda.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Janubiy Surxon” suv ombori hududida zamonaviy
ekoturizm majmuasi barpo etilishi ham ana shu ezgu maqsad yo‘lidagi amaliy
qadamlardan biridir.

