|

|

2026-уіӏ 18-May, Dushanba
spot_img

Bunyodkorlik ishlarida hissamiz borligidan mamnunmiz

Muhim xabarlar

Qurilish-bunyodkorlik jadal taraqqiy etayotgan pallada ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ham zamon talabiga mos holda, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz hamda mukammal tarzda ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

Oxirgi yillarda viloyatimiz hududlarida ham zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, madaniy-ma’rifiy maskanlar ko‘plab barpo etilyapti. Boshqarmamiz xodimlari tomonidan har bir ob’ekt uchun ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlarida eng avvalo, xalqimizning qulayligi va xavfsizligi hisobga olinadi. “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2025 yilning 1 yanvar’ sanasi bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish” elektron platformasi orqali kelib tushgan 968 ta ob’ektning loyihalariga yig‘ma ekspert xulosalari taqdim etildi. Ekspertiza jarayonida loyiha yechimlarini yaxshilash va ularni normativ talablarga moslashtirish, loyihalardan asossiz xarajatlarni chiqarib tashlash hisobiga tejalgan mablag‘ 253,617 mlrd so‘mni tashkil etdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img