|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

DUNYoGA MAShHUR BREND OBOYLARI haqida bilasizmi?

Muhim xabarlar

Dunyoda boshqa mahsulotlar qatori qurilish materiallarida ham mashhur brendlar mavjud. Ular sifatli materiallar, noyob dizayn va innovasion
texnologiyalari bilan ajralib turadi. Quyida eng nufuzli oboy brendlari bilan tanishishingiz mumkin.Дунёда бошқа маҳсулотлар қатори қурилиш материалларида ҳам машҳур брендлар мавжуд. Улар сифатли материаллар, ноёб дизайн ва инновацион
технологиялари билан ажралиб туради. Қуйида энг нуфузли обой брендлари билан танишишингиз мумкин.

Versace Home – lyuks darajadagi eksklyuziv oboylar. Qadimiy grek
uslubidagi naqshlar, yorqin ranglar va oltin elementlar dizaynda tayyorlanadi. Yuqori sifatli vinil va to‘qimachilik materiallaridan foydalaniladi

Ralph Lauren Home – klassik va zamonaviy uslubni birlashtirgan
elegant dizayn. Tabiiy teksturali materiallar, to‘qimachilik va hashamatli bosma naqshlar. Amerikaga xos an’anaviy uslub va zamonaviy minimalizm uyg‘unligida yaratilgan.


Gucci Décor – dizaynerlik oboylari, ko‘pincha gulli va geometrik printlardan foydalaniladi. Qo‘lda chizilgan eksklyuziv san’at asarlari. Ekologik toza va chidamli materiallar asosida yaratiladi.
Elitis – juda noyob teksturali va innovasion materiallar. Hind ipagi, shisha tolasi va metallik elementlardan foydalanib ishlab chiqiladi. Chiziqli va geometrik naqshlar, zamonaviy art-deko uslubi qo‘llaniladi.
Cole & Son – an’anaviy va klassik Britan uslubidagi oboylar. Qo‘lda
bosilgan naqshlar, tabiatdan ilhomlangan dizaynlar. Keng tanlov va sifatli materiallar.
Armani/Casa – Jorjio Armani uy dekoriga bag‘ishlangan oboylar kolleksiyasi. Yorug‘lik va soya o‘yinlari, minimalistik dizayn. Tabiiy materiallar va pastel ranglar qo‘llaniladi.
Roberto Cavalli Home – glamur va hayvon naqshlari bilan mashhur. Juda ko‘rkam, hashamatli va qo‘lda ishlangan bosma tasvirlar. Oltin, bronza va yo‘g‘on teksturali materiallardan foydalaniladi.
Zoffany – Viktorian davri uslubidagi oboylar. Qadimiy gulli va qo‘l
ishi bilan yasalgan bosma naqshlar. Ekologik toza va chidamli vinil,
to‘qimachilik materiallari asosida yaratiladi
Harlequin – zamonaviy va rangli dizaynlar. Jonli geometrik, gulli va abstrakt naqshlar. Chidamli vinil va eko-materiallardan foydalaniladi.
Sanderson retro va tabiiy uslubdagi, an’anaviy Britan oboylari.
Tabiatdan ilhomlangan dizaynlar (gullar, daraxtlar, hayvonlar)

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img