Buxoro shahar markazidan 70 kilometrdan uzoq masofada
joylashgan Qorakoʼl tumani bundan toʼrt yilcha ilgari Buxoroda
sodir boʼlgan tabiiy ofat – kuchli shamol tufayli ogʼir talafot
ko’rgan edi.
Choʼl hududida joylashgan ushbu tuman bugun betakror qiyofa kasb etmoqda. Qurilish-bunyodkorlik, investitsiya loyihalari, mahallalar qiyofasini yangilash, yangi ish oʼrinlari yaratish, taʼlim, tibbiyot tizimidagi oʼzgarishlar, zamonaviy shaharsozlik ishlari, ijtimoiy soha va infratuzilma obʼektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarida islohotlar avj pallada. Аytish joizki, oʼsha paytdagi talafotdan soʼng bunyod etilgan “Yangi Oʼzbekiston” massivida 240 ta xonadonga moʼljallangan 12 ta koʼp qavatli turar joy binolari qad rostladi. 330 oʼringa moʼljallangan maktab, shuningdek, 240 oʼrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 120 oʼrinli zamonaviy bolalar bogʼchasi va 100 qatnov oʼrniga moʼljallangan oilaviy poliklinika binolari bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Qorakoʼl tumani hokimi Xurshid Tohirov bugungi kunda tuman ulkan qurilish maydoniga aylangani haqida taʼkidlab, Prezidentimizning 2021 yil 13 avgustdagi “Qorakoʼl” erkin iqtisodiy zonasi hamda zamonaviy gaz-kimyo texnologik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, Qorakoʼl va Olot tumanlari choʼl hududining umumiy 400 gektar yer maydonida gaz-kimyo sohasiga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zona barpo etilganiga toʼxtaldi:
– Bu yerdagi texnologik loyihalar davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. “Qorakoʼl” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 2,7 milliard АQSh dollariga teng metanoldan olifen olish (MTO) texnologiyasi asosida gaz-kimyo majmuasi loyihasi barpo etilyapti. “Gaz Chemical Complex MTO Central Asia” MChJ yetakchiligida gaz-kimyo kompleksini qurish va gaz-kimyo texnologik klasterini tashkil etish loyihasiga koʼra, yiliga 1,1 million tonna polimer mahsulotlari, jumladan, polietilen tereftalat, polipropilen, past zichlikdagi polietilen, etilenvinilasetat singari yuqori likvidli xomashyolar oʼzlashtiriladi,– dedi u.
Ushbu obʼektni tiklash uchun, nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan, balki, АQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Singapur, Saudiya Аrabistoni kabi davlatlardan ham zarur uskunalar, masalan, quyosh batareyalari uchun maxsus qoplamalar, avtomobilь kuzovlari uchun detallar, mebelь mahsulotlari, gilamlar, plastik quvurlar keltirilmoqda. Bunyodkorlik ishlariga 2000 dan ortiq ishchi jalb etilgan.
– Qurilish-bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda, – dedi “GazChemical Complex MTO Central Asia” MChJ masʼuli Masrur Shakirov.
– Bunda asosiy ishlab chiqarish va maʼmuriy zonalardan tashqari, omborxonalar, maxsus maydonlar ham barpo etiladi. Yillik eksport hajmi
261 million АQSh dollarini tashkil qilib, 20 foizi eksportga yoʼnaltiriladi. Mazkur loyihaning ahamiyati shundaki, qayd etilgan xom-ashyolar yordamida 60 turdan ortiq yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyati ham paydo boʼladi. Loyiha toʼla quvvatda ishlay boshlasa, oʼn mingdan ortiq ishchi kuchi talab etiladi. Ushbu loyiha doirasida ayni paytda Rossiya Federatsiyasining “Enter Engineering” kompaniyasi bilan ham hamkorlikda ish olib borilmoqda. Yirik quvvatga ega texnologik qurilmalar hamda katta sigʼimli yuk avtomobillari ishga tushirilgan. Bir soʼz bilan aytganda, “Qorakoʼl” erkin iqtisodiy zonasida kechayotgan bunyodkorlik ishlari hududning eksport salohiyatini oshirishga, aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qilishga qaratilgan.