Muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ va tashabbuskor “Ozod Ibrat Kapital Qurilish” xususiy korxonasi tomonidan G‘uzor tumanida kam ta’minlangan va nogironligi mavjud 31 ta oilaga yangi xonadonlar hadya qilindi.
Fuqarolarga tumanning Mustaqillik mahallasida qurilgan ko‘p qavatli uylardan zamonaviy 23 ta xonadon va Qorako‘l mahallasidagi Mash’al massivida 8 ta 2
sotixli namunali hovlilar topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan
tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, Prezidentimizning kambag‘al
oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi va xonadon kalitlarini o‘z egalariga tantanali topshirdi. Shuningdek, viloyat hokimi tashabbuskor homiylarning
mehnatini alohida e’tirof etgan holda o‘z minnatdorchiligini bildirdi va munosib taqdirladi.Фуқароларга туманнинг Мустақиллик маҳалласида қурилган кўп қаватли уйлардан замонавий 23 та хонадон ва Қоракўл маҳалласидаги Машъал массивида 8 та 2
сотихли намунали ҳовлилар топширилди. Шу муносабат билан бўлиб ўтган
тадбирда вилоят ҳокими Муротжон Азимов иштирок этиб, Президентимизнинг камбағал
оилаларни қўллаб-қувватлаш бўйича берган топшириқлари ижроси юзасидан амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумотлар берди ва хонадон калитларини ўз эгаларига тантанали топширди. Шунингдек, вилоят ҳокими ташаббускор ҳомийларнинг
меҳнатини алоҳида эътироф этган ҳолда ўз миннатдорчилигини билдирди ва муносиб тақдирлади.

