Ichimlik suvi inson hayotining ajralmas qismidir. Shunday bo‘lsada, bu ne’matning qadrini bilish, undan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash masalasida jamiyatdagi munosabat hali ham yetarli emas. Buni Andijon viloyati Qurilish va uy-
joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv, nazorat tadbirlari va tahlillar ham isbotlamoqda.
Joriy yilda viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda suvning inson salomatligiga xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichimlik suvi sifati bo‘yicha 1018 ta tahlil o‘tkazildi. Tahlillar orqali turli manbalardagi suv tarkibi o‘rganildi va nazoratga olindi. Bu esa, aholining sog‘lom turmush sharoitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

