Yurtimiz geografik jihatdan quyoshli kunlar davomiyligi bo‘yicha dunyodagi eng qulay hududlardan biri hisoblanadi. Yiliga o‘rtacha uch yuz kun quyoshli ob-havo sharoiti mavjud bo‘lib, bu quyosh energiyasidan foydalanish uchun katta imkoniyat yaratadi. So‘nggi yillarda respublikamizda muqobil energiya manbalarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Malumki, energiya manbalari qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan turlarga bo‘linadi. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari sifatida ko‘mir, neft, tabiiy gazni aytishimiz mumkin. Eng behisob energiya manbasi sifatida quyoshni misol qilish mumkin. Shunday ekan, nega quyosh nurlari energiyasidan samarali foydalanmaslik kerak? Quyosh energiyasiga nafaqat tabiiy resurs, balki strategik imkoniyat sifatida qaralishi lozim

