|

|

2026-уіӏ 5-Aprel, Yakshanba
spot_img

Surxondaryo – yurtimizning janubdagi mustahkam tayanchiga aylanmoqda.

Muhim xabarlar

Surxondaryo sohilida turar joy majmuasi va sayr hududi quriladiYurtboshimizning Surxondaryoga bu galgi tashrifi yasharish va yaratish fasli – bahorga to‘g‘ri kelganida ham ajib bir ma’no bor. Bahorning eng avval Surxon elidan boshlanishi esa, mard va tanti xalqning mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlari bilan yanada teran mazmun kasb etishi bor gap. Ushbu tashrif ham surxondaryoliklar qalbiga ana shunday ezgu tuyg‘ularni joylab, ularga ko‘tarinki kayfiyat, bahoriy ilhom bag‘ishlagani shubhasiz.
G‘ayrat BO‘RIYEV,
Termiz tumani hokimligi
Axborot xizmati rahbari.

Ezgu niyatlar bilan
boshlangan tashrif Davlatimiz rahbari amaliy safarini an’anaga ko‘ra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi. Qur’on tilovat etilib, xalqimizga, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo qilindi. Ulamolar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Hakim Termiziyning ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish hamda yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Keyingi yillarda ta’mirlanib, yanada obod va go‘zal majmuaga aylangan ushbu tabarruk maskanda ziyoratchilar uchun barcha sharoit yaratildi. Atrof obodonlashtirilib, maqbarada ham katta hajmdagi ishlar bajarildi. Zamonaviy yoritgichlar, isitish va sovutish tizimlari o‘rnatildi.
Davomini o‘qish….

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img