|

|

2026-уіӏ 20-May, Chorshanba
spot_img

Temir-beton konstruksiyalarini zo‘riqtirish usullari

Muhim xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi shahar, tuman va qishloq joylarida barpo etilayotgan binolarning barchasida to‘sin regil va seysmik belbog‘lardan keng foydalaniladi. Binolarning bunday konstruktiv elementlari bir qancha asosiy konstruktiv qismlardan iborat. Bu elementlar o‘tgan asr boshlaridan buyon imorat qurilishida qo‘llaniladi. Hozirgi kunda bino uchun temir- beton materiallaridan tayyorlangan to‘sin regil va seysmik belbog‘lardan foydalanish ommalashib bormoqda. Bu esa temir- beton konstruksiyalarining hajmi yildan-yilga oshib borayotganligini ko‘rsatadi.

Betonda sun’iy ravishda oldindan siqilish va armaturada cho‘zilish kuchlanishlarini uyg‘otilgan temir-beton konstruksiyalari oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalari, deb ataladi. Ularning afzalliklari shundaki, oldindan zo‘riqtirish jarayonida armatura sarfi kamayadi, ish unumdorligi oshadi va barcha jarayon qurilish joyining o‘zida amalga oshiriladi. Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalari asosan binoning egiluvchi va siqiluvchi elementlarida qo‘llaniladi. Masalan, minoralar, quvurlar va rezervuarlar qurilishida. Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarda B20-B60 sinfli betondan, zo‘riqtirilgan armaturada esa A-IV, A-V, A-VI, At-V, At-VI, K-7 sinfli armaturalardan foydalaniladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img