|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

YaNGI O‘ZBEKISTON ARMIYaSI –mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!

Muhim xabarlar

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan okrug bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlar Farg‘ona vodiysining har bir go‘shasini, keng aholi qatlamini ham qamrab oldi.

Xususan, mazkur tadbir ham keng miqyosda tashkil etilib, harbiy bo‘linmalarning shahar markazi bo‘ylab piyoda yurishlari bilan boshlandi. Safdan joy olgan umumqo‘shin bo‘linmalari, harbiy-akademik lisey kursantlarining vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan saf qo‘shiqlari, orkestr jamoalarining kuy-navolari yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirdi. “Istiqlol” stadionidan kichik halqa yo‘li bo‘ylab namoyishkorona piyoda yurishlarni boshlagan harbiy xizmatchilar “Al-Farg‘oniy” ko‘chasi bo‘ylab, jangovar saf qo‘shiqlarini ijro etdi. Farg‘ona shahrining asosiy ko‘chalari bo‘ylab namoyishkorona piyoda yurishlarni amalga oshirgan harbiy bo‘linmalar Farg‘ona davlat universiteti sport maydonida to‘xtadi. May- don uzra harbiy orkestr ijodkorlari tomonidan yangragan harbiy vatanpar- varlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari, Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilganlarga quvonch ulashdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img