Jamiyatda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi. Uyjoy – insonning asosiy ehtiyoji. Ammo har qanday bino va inshoot nafaqat chiroyli ko‘rinishga, balki mustahkamlik, xavfsizlik va ekologik talablarga ham javob berishi lozim. Shu sababli bu sohada qat’iy nazorat tizimini joriy etish har bir davlat uchun ustuvor
vazifadir.
Qurilish sohasida nazorat qilish – bu faqatgina hujjat tekshiruvi emas. Bu yerda gap insonlarning hayoti va salomatligi haqida ketmoqda. Loyihaning to‘g‘ri ishlab chiqilishi, qurilish materiallarining sifatli bo‘lishi, quruvchilarning malakasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi – bularning barchasi nazorat ostida bo‘lishi shart. Aks holda, halokatli oqibatlarga olib keladigan xatolar yuz berishi mumkin

