|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI “MARKAZIY OSIYo – GERMANIYa” SAMMITIDA IShTIROK ETADI

Muhim xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 17 sentyabr’ kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Savdo-iqtisodiyot, investisiya, texnologiyalar, transport-kommunikasiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. Ta’kidlash joizki, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29 sentyabr’ kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.  

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img