|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Yangi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar

Muhim xabarlar

Rayhona Xo‘jayeva
Rayhona Xo‘jayeva
2003-2007-yillar davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr, 2009-yilda magistratura bosqichini tugatgan. Uning ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, qurilish-bunyodkorlik mavzularidagi maqolalari matbuot sahifalarida chop etilib kelinmoqda.

Qurilish vazirligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari hamda vazirlik mas’ullari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning bosh tamoyili “Inson-jamiyat-davlat” g‘oyasi asosida ekan, bu jarayonlar qonunchilikda ham huquqiy jihatdan mustahkamlayotgani e’tirofga molik.

Xususan, o‘tkazilgan seminarda ham ana shu fikrlar ilgari surildi. Ta’kidlandiki, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat bo‘lib, ushbu hujjat asosida O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat xizmati organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlar yagona qonun bilan tartibga solinmoqda.

Muloqotlarda barcha tashkilotlarning vakant lavozimlari ochiq yagona elektron platformaga joylashtirilishi, davlat idoralariga ishga kirishda ochiq-oshkora tanlov orqali qabul qilinishi, kadrlar bilan ishlash jarayoni elektron tizimga o‘tkazilishi alohida qayd etildi.

“Hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjatning so‘ralmasligi, davlat tashkilotlarida salohiyatli kadrlar ko‘payishi va byurokratiyani yo‘q qilishga zamin yaratadi”, deyildi seminarda. Shuningdek, qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlar tartibga solinib, bunda davlat organlarining asosiy vazifa hamda vakolatlari va davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, vakolatlari, huquq hamda majburiyatlari, ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek, xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar bilan bir qatorda boshqa vazifalar belgilandi.

Jumladan, davlat fuqarolik xizmatida qonuniylik, adolatlilik, xalqqa xizmat qilish tartibi, davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik, shaffoflik, xolislik, professionallik va kompetentlik tamoyillari mazkur hujjat bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, davlat xizmatiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi qonunda o‘z aksini topgan.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz amalga oshirish tartibi qonun asosida belgilab berilishi bu davlat organlarida faoliyat olib borayotgan xizmatchilarning professional mutaxassis bo‘lishiga katta zamin yaratadi.

 

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img