|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

YaPONIYa BILAN HAMKORLIK

Muhim xabarlar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Energetika vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish
ilmiy-tadqiqot instituti hamda JICA tomondan imzolangan shartnoma, energiya menejeri sxemasi va nol energiya binosi (ZEB) loyihasi asosida bir qator vazifalar muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya tajribasi asosida institut bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ZEB binolarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish, energiyani tejash bo‘yicha standartlarni qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish va samarali isitish bo‘yicha chora tadbirlar taklifini yaratish, energiyani tejash, yashil transformasiya markazi va energiya menejeri dasturi ishlab
chiqish, ZEBni rivojlantirish uchun Yaponiyaning integratsiyalashgan tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, uchrashuv davomida
loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha ish reja, ishchi guruh tarkibi
hamda kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar kelishib olindi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img