Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifini vohamizning quruvchilari o‘zgacha bir kayfiyat bilan qarshi olishadi. Bu safargi tashrif ham shunday bo‘ldi. Prezidentimiz Buxoroda uchta yirik inshoot – Buxoro gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishini boshlab berdi.
Ayniqsa, Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rish orqali odamlarning bugunidan roziligiga ishonch hosil qilishlari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan xalqparvar siyosatning yorqin namunasidir. Zero, aynan mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida viloyatimizning Qorako‘l tumanida yangi massiv uchun “Do‘rmon” hududi belgilanib, qurilish ishlari jadal boshlangan edi.
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizasiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari natijasida bugun ko‘z o‘ngimizda xalqparvar “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Yangi O‘zbekiston” massivi qad rostladi. Bugungi kunga kelib, massivda 12 ta 240 ta xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli zamonaviy turar joy majmuasida yashayotganlarning quvonchi cheksiz. Shunisi ahamiyatliki, kelgusi 5 yil davomida bu yerdagi ko‘p qavatli uylar soni 70 taga, aholi xonadonlari esa 1400 taga yetkaziladi. O‘tgan davr mobaynida massivda 330 o‘ringa mo‘ljallangan maktab, shuningdek, 240 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, davlat-xususiy sherikchiligi asosida yana 120 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi va 100 qatnov o‘rniga mo‘ljal- langan oilaviy poliklinika binolari ham qurib bitkazildi.


