|

|

2026-уіӏ 5-Aprel, Yakshanba
spot_img

Qurilish sohasi vakillari “Harakat” forumi ishtirokchisi

Muhim xabarlar

2024 yilning 18-21 iyun’ kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida MDHdagi eng yirik ko‘chmas mulk anjumani “Harakat” forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning 5 yilligi sigment bozoridagi eng so‘nggi yangiliklarni muhokama qilish, hamkorlar va investorlarni jalb etish, ko‘chmas mulk va shaharsozlik sohasida ilg‘or xalqaro tajribani almashish yo‘lida minglab soha ekspertlarini bir yerga jamladi.

Tadbirda O‘zbekiston quruvchilar assosiyasiyasi raisi Mansur Niyoz muhammedov, shuningdek, yurtimizdagi yirik qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. Forum doirasidagi muzokaralar davomida ko‘chmas mulk bozoridagi boshqa yutuqlar qatori sohani raqamlashtirishning o‘sish dinamikasi ham davlat va uning faollashgan roli tufayli sezilarli ortgani ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishda Rossiya ko‘chmas mulk bozorida kompaniyalar va iste’molchilarga o‘z faoliyatini samarali tashkil qilish va bozordagi tendensiyalar, imkoniyatlar hamda o‘zgarishlar haqida xabardor bo‘lish imkonini beruvchi bir qator yirik platformalar yaratilgan.
Anjuman doirasida Mansur Niyozmuhammedov Qozog‘iston quruvchilar uyushmasi prezidenti Viktor Mikryukov va Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi qo‘mitasi raisining uy-joy sohasida kommunal xizmat ko‘rsatish sektorining tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Susana Kirakosyan bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida shaharsozlik, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida normativ-huquqiy baza- ni, texnik normalar va standartlarni takomillashtirish, shuningdek, qurilish va ujoy kommunal xo‘jaligini bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chor tadbirlarni tashkil etish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img