|

|

2026-уіӏ 28-Aprel, Seshanba
spot_img

YO‘LLAR HAM YURT KO‘RKI

Muhim xabarlar

Xalqimizda “Bozorlar – yurt ko‘rki” degan gap bor. Nafaqat bozorlar, balki yurtdagi har bir inshoot, jumladan, yo‘llar ham uning ko‘rki, farovonligining ko‘zgusi hisoblanadi. Shu ma’noda keyingi yillarda respublikamizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatidagi mavjud yo‘llarda ham keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlariga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Fikrimizni viloyat Avtomobil’ yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, galdagi reja-vazifalar haqidagi ma’lumotlar bilan
izohlashimiz mumkin. Ma’lumki, Namanganda umumiy hisobda 14 ming 11 kilometr
avtomobil’ yo‘llari mavjud bo‘lib, buning 3 ming 377 kilometri umumiy foydalanuvdagi avtomobil’ yo‘llari hisoblanadi. Shahar va qishloq aholi punktlari ko‘chalari esa jami 10 ming 634 kilometrni tashkil etadi. Albatta, bu yo‘llarning barchasi ham ravon yo‘llar emas. Qolaversa, aksar yo‘llar serqatnovligi bois muntazam ta’mirni talab etadi. Shu ma’noda joriy yil boshida viloyatda 5351,8 km yo‘llar ta’mirtalab, deb topilgan. Bunda aholi murojaatlari inobatga olingan va ular asosida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf
etish bo‘yicha loyihalar yig‘ma parametrlari ishlab chiqilgan hamda chora-tadbirlar xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu qaror ijrosi doirasida yil boshidan buyon viloyatdagi 130 ta mahalla, 146 ta ob’ektda 420 km ichki yo‘llar ta’mirlangan. Shuningdek, davlatimiz rahbarining shu yil 12 maydagi qarori asosida Namangan viloyati miqyosida yo‘l infratuzilmasini
yaxshilash uchun 123 milliard so‘m mablag‘ evaziga jami 112 ta ob’ektda 216,5 km uzunlikdagi yo‘llarni asfal’t qoplama bilan ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha 119,3 km ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan. Shu o‘rinda Prezidentimizning 2022 yil 18 maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil’ yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatda 2022 yil uchun jami 180 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llar qurish rejalashtirilganiga e’tibor qaratishimiz o‘rinli. Bu borada “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 51,8 milliard so‘m evaziga 72 km hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi” buyurtmachiligida qo‘shimcha ajratiladigan respublika byudjeti va boshqa
mablag‘lar hisobidan 56,6 milliard so‘m evaziga 92,2 km, “Avtoyo‘linvest” agentligi buyurtmachiligida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 31,4 milliard so‘mlik 15,8 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurishdan iborat buyurtmachilik vazifalari belgilangan. Bugunga qadar “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligi asosida 91,1 km sement beton qoplamali ichki yo‘llar qurildi. Savol tug‘iladi: sement-beton qoplamali yo‘llarning afzallik tomoni nimada?
– Sement-beton qoplamali yo‘llar, o‘z nomidan ham ma’lum, asfal’t qoplamalarga nisbatan mustahkam, bunday yo‘llardan 15 yilgacha foydalanish mumkin,
– deydi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi” DUK mutaxassisi A’zamjon Erkinov. – Qolaversa, yilning har qanday mavsumida +5 ˚S dan yuqori haroratda beton qoplamali yo‘llarni qurish imkoniyati bor. Har qanday asos ustiga yotqizilishi mumkinligi, tungi vaqtda yo‘l sirtining ko‘rinishi yaxshi bo‘lishini ham bunday yo‘llarning eng katta afzallik jihati deyishimiz mumkin. Darhaqiqat, Namangan viloyat Avtomobil’ yo‘llari bosh boshqarmasi zimmasida avtomobil’ yo‘llarini, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish, ularni saqlash, davlat ahamiyatidagi yo‘llarni kuz-qish mavsumida qordan tozalash va ular chetiga ekilgan hamda ko‘chatlarni saqlab turish vazifalari bor. Bosh boshqarma 2030 yilgacha jami 4560,1 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlashni rejalashtirgan.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img