|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Qadim Qashqadaryoning bugunini quryapmiz!..

Muhim xabarlar

Islom Ibodulla
Islom Ibodulla
"2015-2020 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida tahsil olgan. 2020 yilda Turkiya respublikasining Bandırma Ön yedi eylül üniversitesi tarkibidagi kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan o‘quv kursi tinglovchisi. 2021 yildan e’tiboran “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi muxbiri."

Qashqadaryo viloyatining bugungi kuni yirik bunyodkorliklar qurshovida. Xususan, Qarshi shahridagi shaharsozlik jarayonlari kun sayin rivojlanib bormoqda.

– Bu qanday bino? – dedim yo‘l bo‘yidagi ulkan inshootga qarab.

– Turar joy binosi. – dedi hamrohimiz.

Salobatli yashash joylari shaharning tashqi qiyofasiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatib turardi. Qashqadaryodagi xizmat safari davomidagi yo‘ldoshimizdan so‘radim:

– Bu binolarni qaysi korxona quryapti?

– “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi!

Qashqadaryoning buguni, deb bejiz ayt­madim. Negaki, hududning buguniga yarasha munosib o‘tmishi ham bor. Qashqadaryo vohasida miloddan avvalgi asrlarda vujudga kelgan, yoshi jahonning eng qadimgi manzillari bilan bo‘ylashadigan shaharlar bor. Shahrisabz va Qarshi ana shunday shaharlardandir. Shahrisabz va Qarshining 2700 yillik yubileylari nishonlanishi va ularning ulug‘ yoshi jahon miqyosida tan olinib, hukumatimiz qaroriga muvofiq bayram sifatida tantana qilinishi buning yorqin isbotidir.

Qarshi shahrining kechmishi qadimiy Nasaf manzillarida o‘tgan. Arxeolog­larning ma’lumotlariga qaraganda, Qarshi vohasida birinchi shahar hozirgi qarshi shahridan shimolda joylashgan qadimgi Yerqo‘rg‘onda miloddan avvalgi VI-II asrlarda shakllangan. Eramizdan avvalgi VI-II asrlarda u ikki qator devor bilan o‘ralgan va maydoni 150 gektarni tashkil etgan. Qarshi vohasi markazining tarixi Bobil, Aleksand­riya, Yerevan, Taksila kabi qadimgi shaharlar rivojiga o‘xshashdir. Chunonchi, VI asrda Turk hoqonligi va Eron Sosoniylari tomonidan Eftalitlar imperiyasiga qarshi olib borilgan janglarda Yerqo‘rg‘on yonib, vayronaga aylangan. Shundan so‘ng, Qarshi vohasi poytaxti Yerqo‘rg‘onning Janubiy-G’arb tomonidagi Qashqadaryoning Janubiy sohili bo‘yida, hozirgi Shulluktepa o‘rnida qad ko‘taradi. U tarixda Naxshab yoki arabiy Nasaf nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘ladi. Naxshab XIII asrda Chingizxon bosqinchilari tomonidan vayron qilingach, voha markazi uchinchi marotaba hozirgi Qarshining eski shahar qismi o‘rnida qayta tiklangan. Shunday murakkab bir tarixiy evrilishlarning, qulash-u tiklanish­larning shohidi bo‘lgan shahar tom ma’noda bugun qayta uyg‘onmoqda. Qurilish-bunyodkorliklar, yangilanishlar har bir burchda hukmron. Bunday o‘zgarish­larning boshida esa, Qashqadaryoning zabardast quruvchilari turadi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi ham vohadagi o‘zgarishlarning bevosita ishtirokchisi. 2004 yilda tashkil topgan korxona bugungi kunda mazkur viloyat hududida ko‘plab bunyodkorlik ishlarini olib bormoqda. Jumladan, korxona ta’sischisi Zayniddin Salyamov boshchiligidagi jamoa o‘zining ilg‘or kasbiy malakalari ortida hududda qurilish sohasining taraqqiy etishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Korxonaning asosiy faoliyat turlari qatorida turar joy, ijtimoiy ob’ektlar qurilishi va mazkur qurilishlar uchun qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘limlari mavjud. Alyumin profil, eshik va deraza romlari, xususan, MDF eshik-derazalar, sendvich panellar, gazoblok, g‘ishtlar, kolotslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mavjud qurilish materiallarining 50 foiziga yaqini bevosita mazkur korxona bazasida ishlab chiqarilib, qurilish ishlarida qo‘llaniladi. Qizig‘i, shu kecha-kunduzda zamonaviy texnologiyalar asosida poleostron mahsuloti ishlab chiqarish tarmog‘i ishga tushirilgan.

Mazkur qurilish materiallari asosan korxonaning tender savdolarida qo‘lga kiritilgan ob’ektlarning qurilishi uchun ishlatiladi. Turar joy qurilishi uchun sarflanadigan qurilish materiallarining 60 foizga yaqini bevosita korxonaning ishlab chiqarish tarmog‘i orqali ta’minlanadi. Korxona bazasida hozirgi kunda 50 ga yaqin texnika mavjud bo‘lib, ular qurilish jarayonlarida beminnat ko‘makchi bo‘lmoqda.

– O‘zbekistonda qurilish sohasi bugun taraqqiy etgani yo‘q, – dedi korxona rahbari Zayniddin Salyamov. – Bunda har bir qurilish korxonasi o‘z tarmog‘ida qurilish-rekonstruksiya jarayonlaridan tashqari ishlab chiqarish bo‘limiga ega bo‘lishi ham yutuqli tomonidir. Albatta, qurilish sohasida bevosita qurilish ishlarini olib borish, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sexlarining tashkil etilishi ikkisidan biriga ko‘proq urg‘u berishni talab etadi. Bizning korxonada baribir asosiy faoliyat turi bevosita qurilish ishlari bo‘lib qolmoqda. Aytish joizki, birgina o‘tgan 2021 yilning o‘zida kommunikatsiya tarmoqlarida 130 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirdik. Shuningdek, turar joy qurilish­lari va rekonstruksiyalari uchun 100 mlrd so‘m hajmidagi qurilish ishlarini bajardik.

Qurilish – san’atdir. U keng qamrovli so‘z bo‘lib, ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, temir yo‘l qurilishi, yer osti quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo. Demak, har qanday qurilish ham san’at bo‘lolmaydi, lekin har qanday arxitektura negizida avvalambor qurilish yotadi. Qurilishning san’atga aylanishi uchun u yuqori darajadagi san’at asari tarzida yaratilishi kerak. “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi ham ana shunday san’at asarini yaratayotgan korxonadir.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img