|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Yutuqlardan quvonib, tashvishlarga yechim topgan xalqmiz

Muhim xabarlar

Bugungi kunga kelib yer yuzida iqlimning keskin o‘zgarib borayotgani, suv va boshqa tabiiy resurslar kamayishi bilan bog‘liq muammolar respublikamizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Buni Orol dengizining qurib borayotgani misolida ham ko‘rish mumkin. Bu esa iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirib, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining turmush tarziga katta ta’sir qilgani o‘tgan yillarda minglab gektar ekin maydonlari izdan chiqqanida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qilayotganlarga munosib sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada bir qancha farmon va qarorlar qabul qilingani natijasida so‘nggi yillarda ijtimoiy va iqtisodiy sohalar rivojlanib, odamlarning yashash tarzi o‘zgardi.
Muxbirimiz Abdusami HAQBERDIEVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Azimjon QURBANBAEV bilan qilgan suhbati shu xususida bo‘ldi.
– Suv ichsa daryosi, ekin eksa urug‘i bir xalqlarimizni qiynab kelgan muammolar bosqichma-bosqich hal qilinib, islohotlarning yangi davri boshlangan. Ya’ni, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish orqali fuqarolarimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga astoydil kirishildi. Ya’ni, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish orqali fuqarolarimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga astoydil kirishildi. Tashabbus doirasidagi yana bir yil ortda qoldi. Bu davrda qurilish sohasida ham aytsa arzigulik ishlar, istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq qilingan bo‘lsa kerak.
– Hech bir davrda odamlar uchun qulay sharoit yaratib berish hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga qat’iy yechim topish yuzasidan hukumat darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bunday e’tibor deyarli qaratilmagan edi. Kelajagimiz istiqbolini belgilashga qaratilgan “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oya amalga tatbiq etilgani tufayli hayotimiz tubdan o‘zgarmoqda. Boshqa sohalar bilan birgalikda, hududda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari, aholi farovonligini yanada yaxshilash bo‘yicha yangidan-yangi loyihalar ustida izlanishlar olib borilayotir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, asosiy maqsadimiz – Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Qoraqalpog‘istonni qurishga harakat qilinmoqda. Bu borada quvontiradigan yangiliklar juda ko‘p.
Xalqimizga ruhiy madad bo‘layotgan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun birinchi navbatda aholi talablari o‘rganilib, 2023 yil hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va tumanlarida 124 ta uy-joy qurish belgilangan edi. Ulardan 29 ta ko‘p qavatli turar joylar “Yangi Ӯzbekiston” (Qonliko‘l tumanida 12 ta, Qorao‘zakda 8 ta va Kegeylida 9 ta) massivlarida, qolgan 95 tasi esa tadbirkorlar tomonidan bunyod etilishi belgilab olingan. Qurilish sohasini mukammal o‘zlashtirgani va zarur materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilgani natijasida yil oxirigacha rejadagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘z muddatida qurib bitkazildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida ijtimoiy ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 62 ta zamon talabi doirasidagi loyihalarni amalga tatbiq etish belgilangan. Jumladan, 12 ta maktab, 1 ta ijod maktabi, 8 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 4 ta tibbiyot, 1 ta oliy ta’lim, 1 ta ilm-fan, 1 ta ichimlik suv tarmog‘i,10 ta avtomobil’ yo‘llari hamda ko‘priklar, 23 ta irrigasiya va melioratsiya inshootlari, 1 ta huquqni muhofaza qilish ob’ekti kiritilgan bo‘lib, barchasida ishlar sifatli darajada bajarildi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img