SHAHARSOZLIK EVOLYUTSIYASI
Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash vastandartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan shaharsozlik normalariva qoidalarini modernizatsiya qilish hamkorlik loyihasi doirasida “Shaharsozlikevolyutsiyasi: Oʼzbekiston va Koreya innovatsion qurilish yoʼlida” mavzusida xalqaro seminaroʼtkazildi.
Koreyalik mutaxassislar, 30 dan ortiq xalqaro hamkorlar, 70 dan ziyod loyiha institutlari hamda mahalliy tashkilotlar vakillari, soha ekspertlari ishtirok etgan seminarda xalqaro pudratchilar uyushmasi tanishuvi, Koreya va Oʼzbekiston muloqoti, qurilish sohasidagi muzokaralar, shaharsozlik norma va qoidalari modernizatsiyasi loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, loyihaning 2-bosqichi masalalari muhokama qilindi. Seminarni ochib bergan Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri Batir Zakirov uni tashkil etishda koʼrsatgan koʼmagi uchun Koreyaning Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Koreya qurilish va texnologiyalar instituti (KICT)ga minnatdorlik bildirib, shunday dedi:
– Iqtisodiyotning drayveri hisob-langan qurilish sohasida Oʼzbekiston–Koreya hamkorligi tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, “Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasining amalga oshirilishi bunga yaqqol misoldir. Loyiha doirasida bugunga qadar 120 ta shaharsozlik normalari va qoidalari modernizatsiya qilindi hamda 30 nafar mutaxassis Koreyada malaka oshirdi. Shuningdek, loyihaning ikkinchi bosqichida hozirda soha uchun dolzarb va ustuvor hisoblangan seysmik mustahkamlik va yongʼin xavfsizligi boʼyicha sinov laboratoriyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. O’zaro hamkorlik aloqalari yangi
bosqichga chiqishiga hamda uzoq yillar davom etishiga, bu esa, oʼz navbatida, qurilish sohasining rivojlanishida muhim vazifa bajarishiga ishonaman. Shuningdek, seminarda soʼzga chiqqan Koreya Xalqaro qurilish assotsiatsiyasi raisi Park Sunho ham Oʼzbekistonda shaharsozlik normalari va qoidalarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida taʼkidladi.
– Bugungi kunda Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi hamda Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Koreya qurilish muhandisligi va texnologiyalar instituti oʼrtasida “Oʼzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” boʼyicha hamkorlik memorandumi imzolangan, – dedi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov.
– Hamkorlik loyihasi boʼyicha ikki tomon kelishuviga koʼra, 2022-2025 yillar mobaynida jami 256 ta, shundan 2022 yilda 20 ta, 2023 yilda 82 ta, 2024 yilda 102 ta hamda 2025 yilda 52 ta shaharsozlik normalari va qoidalarini Koreya tajribasi asosida modernizatsiya qilish belgilangan. Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish hamda loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida institutimizda yangi
– Xalqaro normalarni uygʼunlashtirish boshqarmasi ham tashkil etildi. Boshqarma Аmerika, Xitoy, Italiya, Koreya va mamlakatimizning nufuzli oliy oʼquv yurtlarida tahsil olgan, malakali, ilmiy xodimlar bilan toʼldirildi. Koreya xalqaro qurilish assotsiatsiyasi (ICAK) xorijdagi qurilish industriyasini targʼib qiluvchi yagona agentlik sifatida 1976 yilda tashkil etilgan. ICAKning asosiy vazifasi koreyalik
pudratchilarning xorijdagi biznesida koʼmak koʼrsatish va rivojlantirishdan iborat. Koreya qurilish muhandisligi va qurilish texnologiyasi instituti (KICT) – qurilish sohasidagi muammoli va ustuvor yoʼnalish boʼyicha tadqiqotlarni amalga oshiradi hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqish bilan shugʼullanadi. Xususan, aqlli shaharlar kontseptsiyasini ishlab chiqish, yoʼl infratuzilmasini rivojlantirish, bino-inshootlarning tabiiy ofatlarga barqarorligini taʼminlash, bino-inshootlarda energiya samaradorlikni taʼminlash shular jumlasidandir. KICT bugungi kunda Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi bilan “Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Taʼkidlash kerakki, 2022 yildan hozirgi kungacha 120 dan ortiq shaharsozlik norma va qoidalari koreyalik ekspertlar bilan birgalikda oʼrganib chiqildi. Аyni paytda yongʼin xavfsizligi va boshqa yoʼnalishlarga tegishli shaharsozlik normalari hamda qoidalarini modernizatsiya qilish uchun takliflar tayyorlanib, Koreya qurilish tajribasi milliy shaharsozlik normalari va qoidalariga uygʼunlashtirilmoqda. Mazkur loyihaning birinchi bosqichini 2025 yilda muvaffaqiyatli yakunlab, ikkinchi bosqichni ham jadal surʼatlarda davom ettirish rejalashtirilgan. Loyihaning ikkinchi bosqichida soha uchun dolzarb va ustuvor hisoblangan seysmik mustahkamlik va yongʼin xavfsizligi boʼyicha sinov laboratoriyasini tashkil etish koʼzda tutilmoqda.
Tadbirda “Oʼzbekiston qurilish tarmogʼini rivojlantirishda qurilish standartlarini modernizatsiyalash”, “Oʼzbekistonda normativ hujjatlarni tizimlashtirishning zamonaviy tendentsiyalari”,” Koreyada aqlli shaharlarni rivojlanish strategiyasi. Markaziy Osiyoda hamkorlik yoʼnalish lari” kabi mavzularda taqdimotlar ham amalga oshirildi. Bundan tashqari, seminar doirasida Oʼzbekiston va Koreya oʼrtasidagi hamkorlik loyihasini mustahkamlashdagi xizmatlari hamda shaharsozlik normalari
va qoidalarini modernizatsiya qilish sohasida erishgan natijalari uchun bir guruh xorijiy va mahalliy ekspertlar taqdirlandi. Mukofotlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri Batir Zakirov hamda Koreyaning KICT instituti vitse-prezidenti Kvak Ki Sok topshirdi. Bir soʼz bilan aytganda, qizgʼin fikr- mulohazalarga boy tarzda oʼtgan tadbir davomida mehmonlar, soha ekspertlari hamda OAV vakillari bir-biridan dolzarb mavzular yuzasidan oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topdilar.


