Keyingi yillarda Samarqand viloyatida aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ko‘p xonadonli turar joy massivlari, zamonaviy uylar qurilishi jadal olib borilmoqda. Jumladan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Samarqand shahrining “Qorasuv” massivi, Bulung‘ur tumanining “G‘o‘ltin” va Urgut tumanining “Quyi Kamingaron” massivlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish dasturlari asosida turar joylar qad rostlasa, Toyloq tumanining “Charog‘bon” massivida ham ko‘p xonadonli turar joylar quriladi. Bu esa yana ko‘plab oilalar o‘z oshiyoniga ega bo‘ladi degani. Ahamiyatlisi, uy-joy ta’minotida aholining ijtimoiy himoyasiga ham e’tibor qaratilib, bu yo‘nalishda subsidiya va imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash ko‘lami ortib bormoqda. Olis va chekka hududlarda aholining munosib turmush sharoitida yashashlari uchun qad rostlayotgan o‘ziga xos me’moriy qiyofaga ega bo‘layotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari mazkur aholi maskanlari bugun tom ma’noda Yangi O‘zbekistonning ko‘zgusiga aylanib bormoqda. Qisqa fursatda ushbu massivlarda barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari aholining farovon yashashiga mustahkam zamin yaratmoqda. Samarqand viloyatining Urgut va Bulung‘ur tu- manlarida aholining uy-joy sharoitini yaxshi- lash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talab- lari asosida ko‘p qavatli uy joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik kommunikasiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizasiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi jadal olib borilmoqda. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivla- rini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil qilingan, – dedi Urgut tuma- ni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Farruh Jamolov. – Bu yerda bosh reja ishlab chiqilib, tegishli tartibda shaharsozlik kengashlari tomonidan tasdiqlangan. Bosh rejaga asosan hududda jami 39,2 gektar yer maydonida 58 ta, ya’ni 2 916 tadan iborat 9, 12, 16 qavatli ko‘p xonadonli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda qurilish ob’ektlarida qurilish va montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ahamiyatli tomoni shundaki, qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida avvaldan turar joy yoki boshqa ob’ektlar bo‘lgan emas, ular ochiq maydonlarda butunlay yangidan zamonaviy loyihalar asosida qurilmoqda. Massivlar asosan aholi istiqomat qilishi uchun tashkil etilayotganini hi- sobga olib, bu yerda maktab, bog‘cha, sport va madaniyat muassasalari, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ham qurilmoqda. Markazlashgan ichimlik suvi, oqava tarmoqlar va boshqa zarur kommunikasiya tizimlari yaratilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, nomiga munosib ko‘rkam turar joylar bunyod etilmoqda. 

