|

|

2026-уіӏ 14-May, Payshanba
spot_img

Rossiyalik hamkasblar bilan uchrashuv

Muhim xabarlar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Muzichenko boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Toir Alimatov va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi. S. Muzichenko O‘zbekistonda uy-joy va kommunal sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, raqamlashtirishga oid olib borilayotgan chora- tadbirlar hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining imkoniyatlari bilan tanishdi. Vazirlik mas’ullari Davron Miliev hamda Marat Zagruddinov uchrashuv qatnashchilariga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi haqida o‘z taqdimotlari orqali ma’lumot berishdi. Mazkur tizimning asosiy modullari sifatida “Qurilish sohasidagi davlat xizmatlari axborot tizimi” platformasi orqali bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish, ularning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish, ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma berish kabi bir necha davlat xizmatlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha axborot tizimi to‘liq raqamlashtirildi. Bunda ariza beruvchilar uydan chiqmagan holda murojaat qilishlari va qisqa muddatlarda tegishli ekspertiza xulosalarini olishlari mumkin. Eng muhimi, onlayn ravishda arizaning har bir bosqichini monitoring qilish imkoniyati yaratilgan. Qurilipudrat tashkilotlarining reytingini aniqlash tizimiga bugungi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan ko‘plab pudrat va loyiha tashkilotlari kiritilgan. Navbatdagi modul qurilish sohasida ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni monitoring qilish va har bir ob’ekt kesimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jam qilgan “Maqsadli dasturlar monitoring” elektron tizimidir. Ushbu tizim “Shaffof qurilish” tizimi qoshidagi boshqa tizimlar hamda tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, bu o‘z navbatida amaldagi muammolarni yechish imkonini bermoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img