Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Farg‘ona viloyatida Davlat dasturi doirasida hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Xususan, viloyatning Farg‘ona tumanida 5 000 nafar aholi uchun mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar joy massivida amalga oshirilayotgan ishlarda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ma’lumot uchun, hududda 1bosqichda 10 ta 293 xona donli uyjoy, 3 ta ijtimoiy soha ob’ekti, “Yangi O‘zbe kiston” bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan. Hozir da 6 ta 192 xonadonli uyjoylar, 2 ta MTT, 1 ta maktab, 1 ta poliklinika, suv inshooti, elektr uzatish markazi (podstansiya)da qurilish ishlari olib borildi. Vazir o‘rinbosari Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” MFYda qurilayotgan massivdagi har bir jara yonni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Ob’ektda ayrim kamchilik va muammolar ko‘zga tashlanadi. Masalan, inshoot terassasining beton qismiga namgarchi likdan himoya qiluvchi temir listlar o‘rnatilmagan. Bino poydevorini sifatli gidroizolyasiya qilish bo‘yicha ham belgilangan normalarga muvofiq ishlar tashkil etilmagan. Ta’kidlash kerakki, hududi 20,6 gektar, shundan 7,6 gektari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bo‘lgan loyiha doirasida jami 30 ta 5, 7 qavatli 1 227 xonadonli ko‘p qavatli uylar, 5,5 ga yer maydonida esa ijtimoiy soha hamda infratuzilma ob’ektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan. O‘rganish ishlari 2024 yil dasturiga kiritilgan Qo‘qon shahridagi “Istiqlol” MFY hududida joylash gan 16sonli umumta’lim maktabida davom etdi. Ushbu ob’ektning loyiha hujjatlari “Qishloqqurilishlo yiha” bosh loyiha institutining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan ishlab chiqilgan. Bosh pudratchi “Zamon qurilish ta’mir” MChJ tomonidan rekons truksiya ishlari olib borilmoqda. Vazir o‘rinbosari tomonidan har bir qurilish ishiga katta mas’uliyat bilan qarash lozimligi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik larni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish uchun texnik, mualliflik va ichki nazorat tadbirlari ni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, Qo‘qon shahridagi yana bir ob’ekt – 44sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayot gan qurilish jarayonlari bilan tanishilganda, bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, loyiha huj jatlarida gidroizolyasiya choralari belgilangan ShNQga asosan ko‘rsatilmagan. Ya’ni, 2 mm qalinlik dagi bir qavatli qoplamalardan foydalanish ma’lum talablarga javob bermaydi. Loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari mavjud, qurilish madaniyatiga rioya qilinmayapti, ishchixodimlar maxsus forma va himoya kaskalari bilan ta’minlanmagan. Shuningdek, mazkur qurilish ob’ektida “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” ShNQ talablarining buzilayotgani vazir o‘rinbosari tomonidan keskin tanqid qilindi hamda qurilish mas’ullariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. 

