|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

Qonunning dastlabki muhokamasi qizg‘in o‘tdi

Muhim xabarlar

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni D. Adilov kirish so‘zi bilan ochib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi 37 son Farmoni va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi vazirligiga jami 41 ta topshiriq belgilangan. Mazkur topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan nazorat rejasi tasdiqlangan bo‘lib, bu borada aniq mexanizm, mas’ullar va muddatlar belgilab olingan. Shuningdek, 2024 yil ga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ishchi guruhi tashkil etildi. Xususan, mahalliy hokim liklar tomonidan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan hamda ta’mirtalab sanitariyagigiena infratuzilmasi mavjud umumta’lim maktablari qayta xatlovdan o‘tkazilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choratadbirlarga kirishildi. Shuningdek, hududlarda changbo‘ron sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalarining yuqori normasi bo‘yicha zarur profilaktik choralar bo‘yicha “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsoz liknorma va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Ko‘p kvartirali uylarni renovasiya qilish bo‘yicha qonuniy asoslarni yaratish yuzasidan “Renovasiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda avariya holatidagi va ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uylarni renovasiya qilish orqali aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida manzilli ro‘yxat shakllantirildi. “2024 yilda ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uyjoy sharoitlarini yaxshilashga oid choratadbirlar to‘g‘risidagi Farmon loyihasi ishlab chiqildi. Noqonuniy va sifatsiz qurilishlar bilan kurashish bo‘yicha Singapur tajribasi o‘rganilib, ushbu davlat tajribasini chuqur tahlil qilgan holda takliflar shakllantirildi. Noqonuniy va sifatsiz qurilmalarda seysmik, sanitar va xavfsizlik muammolarini bartaraf etish maqsadida qonunbuzarliklarga qarshi ta’sirchan choralarni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgar tirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritildi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img