Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda Toshkent shahar Qurilish va uy- joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan poytaxtimizdagi bir qator ob’ektlarda reyd tadbirlari tashkil etildi. O‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahriston ko‘chasidagi 1uyning yerto‘la qismida tadbirkor tomonidan tegishli ruxsatnoma va tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz o‘zboshimchalik bilan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, rekonstruksiya ishlari zudlik bilan to‘xtatildi. Mavjud holatni avvalgi holiga qaytarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, qoidabuzarga tegishli chora ko‘rildi. O‘rganishlar Mirobod tumanida ham davom etdi. O‘rganish davomida tumanning Yakka Chinor ko‘chasi, 6uy, 37xona don mulkdori tomonidan o‘zboshimchalik bilan xonadonning ichki to‘siq devor qismilariga o‘zgartirish kiritilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha fuqaro Toshkent shahar Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan MJTKning 159 moddasi 3qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bulardan tashqari, Toshkent shahar Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Toshkent shahar suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati xodimlari hamkorligida ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish va suvdan maqsadsiz foydalanishning oldini olish maqsadida ham reyd tadbirlari tashkil etilmoqda. Ana shunday nazorat tadbirlari Shayxontohur tumanida ham o‘tkazildi. Unda bir qator ob’ektlarda suvdan noqonuniy ravishda foydalanilayotgani aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi. Shuningdek, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani, Habib Abdullaev nomli MFYda ham iste’molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish, ichimlik suvi tarmoqlariga noqonu niy ulanishlarni aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari davomida ichimlik suvidan kunning belgilanmagan vaqtida dovdaraxtlarni sug‘orish ishlari aniqlanibdi. Vaziyat bo‘yicha tegishli tartibda MJTKning 163moddasiga asosan inspeksiya xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar rasmiy lashtirildi. 

