Strategiyasi hamda Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov boshchiligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi va maqsadli dasturlar ijrosining borishini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi Nodir Jumaev hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, shuningdek, OAV vakillari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va onlayn tarzda hududiy boshqarmalari, xususan, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM ekspertlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa tizim tashkiloti vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni D. Adilov kirish so‘zi bilan ochib, “O‘zbekiston – 2030” strate giyasi va 2024 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘l gan vazifalarga to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Res publikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi 37son Farmoni va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi vazirli giga jami 41 ta topshiriq belgilangan. Mazkur topshiriqlar ijrosini samara li tashkil etish va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan nazorat rejasi tasdiqlangan bo‘lib, bu borada aniq mexanizm, mas’ullar va muddatlar belgilab olingan. Shuningdek, 2024 yil ga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar ga erishilishini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ishchi guruhi tashkil etildi. Xususan, mahalliy hokim liklar tomonidan toza ichimlik suvi bi lan ta’minlanmagan hamda ta’mirtalab sanitariyagigiena infratuzilmasi mav jud umumta’lim maktablari qayta xat lovdan o‘tkazilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choratadbirlar ga kirishildi. Shuningdek, hududlarda changbo‘ron sodir bo‘layotganda va atmos fera havosida mayda dispers zarracha larining yuqori normasi bo‘yicha zarur profilaktik choralar bo‘yicha “Quri lishda xavfsizlik texnikasi” shaharsoz lik norma va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.


