|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

KADASTR HUJJATI yangilanishi shartmi?

Muhim xabarlar

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov aholidan sohaga oid kelib tushgan bir qator savollarga javob berdi. – Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkalariga egalik huquqini berish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, degan xabar tarqaldi. Bu qanchalik to‘g‘ri? – Bu noto‘g‘ri xabar. Qonun qabul qilinsa, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Yurtdoshlarimizga bunday yolg‘on axborotlarga aldanib qolmasliklari uchun rasmiy maqomga ega bo‘lgan OAVlarni kuzatib borishni tavsiya qilamiz. – Yakka tartibda uy-joy qurmoqchimiz, firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun qonuniy ravishda qay tartibda yer olsak bo‘ladi? – Amaldagi qonunlarimizga ko‘ra, uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini e-auksion.uz portali orqali ochiq onlayn auksionda ishtirok etib sotib olishingiz mumkin. Agarda boshqa fuqaroga tegishli yerni sotib olmoqchi bo‘lsangiz, unda barcha harakatlarni o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlar bilan notarial idoralar orqali amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz. – Men yon qo‘shnimning uyini sotib olib, notarial idora orqali rasmiylashtirdim. Shu ikkita hovli joy uchun bitta hujjat qilib olsam bo‘ladimi? – Albatta, buni imkoni bor. Buning uchun Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash yuzasidan davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali ariza qoldirishingiz kerak bo‘ladi. Arizangiz 13 ish kunida ko‘rib chiqiladi. – Kadastr hujjatini har 5 yilda yangilab turish kerak ekan, deb eshitdim. Men kadastrimni 2015 yilda qildirganman. Hozir uni yangilashim kerakmi? – Bu noto‘g‘ri axborot. Har 5 yilda ka- dastr hujjatlarini yangilash kerak, degan talab qonunchiligimizda yo‘q. Kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi: – ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda; – ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda; – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda; – yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda; – ko‘chmas mulk ob’ektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda; – ko‘chmas mulk ob’ektining toifasi o‘zgarganda; – o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda. – O‘zboshimchalik bilan uy qurgan edim, kadastr xodimlari tomonidan jarimaga tortildim. Agar qurilmani buzsam jarimadan ozod etilamanmi? – Agarda huquqbuzarga nisbatan MJtKning 60-modda 2-qismi bilan ma’muriy ish ochilgan bo‘lsa va huquqbuzar noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan buzib holatni bartaraf etsa, bu holda ma’muriy ish 60-moddaning 4-qismi bilan tugatiladi va huquqbuzarlik bartaraf etilganligi bois jarima qo‘llanilmaydi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img