|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

USTOZGA EHTIROM

Muhim xabarlar

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi ta’limtarbiya sohasi xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman. Xalqimiz o‘zining azmu shijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda ushbu ulug‘ ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda. Elyurtimiz azaldan e’zozlab keladigan o‘qituvchi va murabbiylarning maqomini, qadrqimmatini yanada yuksaltirish – biz amalga oshirayotgan davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvchi yo‘nalishiga aylangani ham shundan dalolat beradi. Zero, donishmandlar aytganlaridek, mamlakat avvalo yerdan rizq nasiba undiradigan dehqonlar, xalqni yovdan, turli yovuzliklardan himoya qiladigan askarlar, yosh avlodga ta’- lim va tarbiya beradigan fidoyi muallimlarning sa’yharakati bilan obod va farovon bo‘ladi. Hurmatli vatandoshlar! Keyingi yillarda milliy taraqqiyot strategiyamiz asosida yurtimizda ta’lim va tarbiya tizimida ham tom ma’noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Qisqa fursatda sohaga oid ko‘plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy baza mustahkamlandi. Yangilangan Kons titusiyamizda o‘qituvchining maqomi alohida belgilab qo‘yildi. Respublikamizda har yili yangi yangi ta’lim maskanlari barpo etilib, ularning moddiytexnik bazasi, kadr lar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining zamon talablariga mos yangi avlodi yaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi dunyodagi ilg‘or tajribalar asosida mutlaqo yangicha rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Yurtimizdagi bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, salkam 38 mingtaga, jumladan, nodavlat ta’lim muassasalari 250 tadan 29 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76,4 foizga yetgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Bu haqda so‘z yuritganda, oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, shu yilning o‘zida esa 608 ta maktabda qurilish va ta’mir- lash ishlari bajarilganini ta’kidlash lozim.  

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img