|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Andijonning “Shveysariyasi”

Muhim xabarlar

Baxtiyor Mirzo
Baxtiyor Mirzo
Andijon iqtisodiyot qurilish instituti katta o‘qituvchisi.

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘qituvchilari.
Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Andijon viloyatining Xonobod shahri ham yanada ko‘rkamlashib, jozibadorligi ortib bormoqda. Aslida ham, Andijon “Shveysariyasi” deb atalgan bu maskan keyingi yillarda juda go‘zal qiyofaga kirib, viloyatning eng asosiy dam olish maskanlaridan biriga aylanib ulgurdi. Shaharning turizm salohiyatini yanada oshirish uchun Andijon iqtisodiyot va qurilishi instituti tomonidan ham bir qator amaliy ishlar bajarilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.
1972 yilda asos solingan Xonobod shahri Andijon viloyatining sharqida joylashgan bo‘lib, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh. U tog‘lar yonbag‘rida ekanligi, so‘lim tabiati bilan boshqa shaharlardan ajralib turadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach bu shaharning ko‘rkamligi yanada ortdi. Yangi dam olish maskanlari va “Xonobod sihatgohi”da nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet ellardan kelgan sayyohlarning ham miriqib hordiq chiqarishlari uchun kerakli sharoit yaratildi.
Shuningdek, bu so‘lim go‘shada Fozilmon ota bulog‘i va Fozilmon ota ziyoratgohi ham joylashgan. Ushbu qadimiy ziyoratgohning eng muhim xususiyatlaridan biri uning shifobaxsh bulog‘idir. Ko‘plab dardlarga davo bo‘lishi aytiladigan bu suv uchun nafaqat Andijon, balki respublikaning boshqa hududlaridan va qo‘shni mamlakatlardan ham sayyohlar kelishadi. Manbalarda keltirilishicha, XIII asrda yashab o‘tgan ulamo Sayid Fozilmon Dehlaviy ushbu buloq bo‘yini o‘ziga makon qilgan. XVI asr oxirida kelgan kuchli sel oqibatida Fozilmon ota maqbarasi tekislanib, loy ostida qoladi. 1805 yilda qabr o‘rni aniqlanib, maqbara qayta tiklanadi. Maskandan hozir ham sayyohlarning qadami uzilmaydi.
Shuningdek, hududda Xontog‘ – Xon tog‘i ham savlat to‘kib turibdi. Uning tarixi juda qiziq bo‘lib, qadimda xon shamolni aholidan qanday qilib sotib olgani va keyin shaharliklar xondan uni yana qayta sotib olishga majbur bo‘lganligi haqidagi afsona shu bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Xonobod shahridagi eng baland tog‘da Ulug‘ Vatan urushi qahramonlariga haykal o‘rnatilgan. Kichkina, lekin juda chiroyli attraksion ham mavjud.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img