|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Yangi qaror BSKlarga yanada keng imkoniyat yaratmoqda

Muhim xabarlar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 avgustdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-278-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga tushuntirish, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumot berish maqsadida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari
uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘raeva hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Darhaqiqat, tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi asosiy muammolardan biri bu aholining debitor qarzdorligi bilan bog‘liq
masalalar edi. Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, respublika bo‘yicha jami debitor qarzdorlik 470 mlrd so‘mdan oshganligini ko‘rish mumkin. Ko‘p kvartirali uydagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi qilinganida mulk bilan birga uning boshqaruvchi tashkilotga bo‘lgan qarzdorligi ham yangi mulkdorga qoplanmasdan o‘tmoqda. Shu bois,
qarorning 2-bandida 2024 yil yanvardan boshlab, notarius tomonidan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar mulkdorning majburiy badal bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi aniqlanganidan so‘ng tasdiqlanishi, yangi mulkdorga unda uy-joy-
ga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelgan paytdan e’tiboran umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha majburiy to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati belgilanmoqda.
Bugungi kunda ko‘p kvartirali uylarni ekspluatasiya qilish tariflarining o‘rtacha miqdori 1 kvadrat metr uchun 554 so‘mni tashkil qiladi. Misol uchun, Toshkent shahrining Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod tumanlarida tarif 1 kvadrat metr
uchun 800 so‘mgacha bo‘lib, ushbu mablag‘lar ekspluatasiya xarajatlarini qoplamaydi. Mazkur muammo boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi tabiiy. Shu bois, qaror bilan Qurilish va uy-joy
kommunal xo‘jaligi vazirligi majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdorini belgilashi ko‘zda tutilmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img