|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

“Aslida, hammamiz o‘z hayotimizning quruvchisimiz” – deydi tajribali quruvchi Mirzo Ulug‘bek Xolhanov

Muhim xabarlar

Bir necha yildirki, avgust oyi quruvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi. Chunki aynan avgustning ikkinchi yakshanbasi – Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Yil davomida yuzlab quruvchilar haqida hikoya qilgan bo‘lsak-da, bayram arafasida ularning faoliyatiga yanada yaqindan nazar solishimiz, soddadil, zahmatkash bunyodkorlarimizga hurmatimiz ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi hikoya qiladigan qahramonimiz ham ko‘plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan tajribali quruvchilardan. Bilganlarini yoshlarga o‘rgatishdan charchamaydigan qahramonimiz o‘z hayotiy falsafasiga ega.
Ayni paytda yurtimizda “REAL HOUSE” brendi ostida faoliyat yuritadigan “LOTUS GAZ INVEST” MChJda bosh muhandis vazifasida ishlab kelayotgan Mirzo-Ulug‘bek Xolhanov 1961 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. Maktabni bitirib, poytaxtdagi Temir yo‘l muhandislari institutining qurilish fakul’tetiga o‘qishga kiradi. O‘qishni bitirgach, institut tomonidan berilgan yo‘llanma asosida Qo‘qon temir yo‘l stansiyasida oddiy ishchi sifatida faoliyatini boshlaydi. Ko‘p zahmatlar, tinimsiz mehnat va sabr o‘z natijasini bermasdan qolmadi. Asta-sekin Farg‘ona temir yo‘l bo‘limi masterligiga ko‘tarildi. Bir kun Farg‘ona, bir kun Namangan, xullas, vodiy bo‘ylab tinimsiz harakatli hayot uni toliqtirdi. Bu davr mobaynida ko‘plab ko‘priklar qurilishiga mas’ul bo‘ldi. Sohada yaxshigina tajriba to‘plagach, “Agropromstroy” qurilish birlashmasida faoliyatini davom ettira boshladi. Keyinchalik birlashma ikkiga bo‘linadi. “Agropromstroy” va “Kolxozstroy” trestiga bo‘lingan birlashma suhbatdoshimizni “Kolxozstroy” trestida ish faoliyatini davom ettirishga yo‘naltiradi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img