|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Boshqarmada quyosh panellari o‘rnatildi

Muhim xabarlar

Hilola Ismatova
Hilola Ismatova
Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasi matbuot kotibi hamda “O‘zbekiston bunyodkori” Navoiy viloyati muxbiri vazifasida ishlab kelyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida barcha korxona va tashkilotlarga quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan bergan topshiriqlari yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi homiyligi asosida viloyat qurilish bosh boshqarmasi binosi quvvati 15 kilovatt A kategoriya qurilmali quyosh panellari bilan jihozlandi.

Yaqinda o‘tkazilgan elektron xaridlar natijasi bo‘yicha “Solar energy Navoiy” MChJ bilan umumiy qiymati 180 million so‘mlik shartnoma tuzilib, qisqa vaqt ichida o‘rnatilgan ushbu qurilmaning ishga tushirilgani, yiliga 180 000 kVt elektr energiyasi tejalishiga asos bo‘ladi.

Viloyatdagi korxona va tashkilotlar, aholi xonadonlari, yangidan tiklangan bino va inshootlarda muqobil energiya manbalarini o‘rnatish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatganda fuqarolar uchun hech qanday qo‘shimcha soliq yoki to‘lovlar mavjud emas.

Ushbu energosamarador qurilmalarni o‘rnatish hisobiga xonadonni tekin va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratiladi. Aholi o‘z xonadoniga o‘rnatgan quyosh panellar orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotish imkoniyatiga ega.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img