|

|

2026-уіӏ 27-Aprel, Dushanba
spot_img

Bu korxonani Buxoroda hamma biladi

Muhim xabarlar

Islom Ibodulla
Islom Ibodulla
"2015-2020 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida tahsil olgan. 2020 yilda Turkiya respublikasining Bandırma Ön yedi eylül üniversitesi tarkibidagi kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan o‘quv kursi tinglovchisi. 2021 yildan e’tiboran “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi muxbiri."

Buxoroda “G’ijduvon texstroyprogres plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatini bilmagan quruvchi bo‘lmasa kerak. 2007 yilda tashkil topgan korxona bugungi kunda nafaqat viloyatda, balki mamlakat miqyosida o‘ziga xos quruvchilik an’anasi va ilg‘or qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘iga ega. Korxona rahbari Zokir Bafoyev boshchiligidagi jamoa shu kecha-kunduzda o‘nlab rekonstruksiya jarayonlari va kamyob qurilish materiallarini ishlab chiqarish bilan mashg‘ul.

Albatta, shubha yo‘qki, Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-me’moriy obidalarga boy go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, u azaldan sharq olamida yuksak nufuzga ega bo‘lgan. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb ham atalgan. Bu shaharning har bir go‘shasida boy tarixga ega minoralari, osori-atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o‘tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Shuningdek, u Sharqu G’arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko‘zgusi” nomini olgan. Shunday muborak shaharning o‘tmishiga monand buguni ham ko‘p o‘ziga xoslik kasb etadi. Jumladan, o‘lkada olib borilayotgan qurilish-rekonstruksiya jarayonlari amalda o‘sha shonli me’morchilikka qaratilgan o‘tmishning davomi sifatida namoyon bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur ulug‘vor me’morlik qadriyatlarini, yuksak ishbilarmonlik va ilmiy qarashlar bilan boyitgan kishilar Buxoroda kam emas. Aytish kerakki, “G‘ijduvon texstroyprogress plyus” MChJ jamoasi ham amalda shunday tajribaga ega kishilardan tashkil topgan.

– Korxonamizning faoliyat turi bino-inshoot qurilishi va qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – dedi Zokir Bafoyev. – Jumladan, qurilishda keng qo‘llaniladigan plitalar uchun VR tipidagi simlar ishlab chiqaramiz. Bu jarayonda kerakli mahsulotlarni Xitoy Xalq Respublikasidan import qilyapmiz. O‘zimizning korxonamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan korxonalarga yetkazib beramiz. O‘zim ko‘p yillik qurilish sohasi vakili sifatida Buxoro viloyatidagi qurilish-bunyodkorlik jarayonlariga hayrixohlik bildiraman. Shuningdek, korxonamiz qurilish materiallari ishlab chiqarishdan tashqari bino-inshootlar qurilishi bilan ham shug‘ullanib keladi. Jumladan, Buxoro shahri, G’ijduvon tumani, Qorovulbozor va Qorako‘l tumanlarida aholi uchun turar joy binolari, ichki yo‘llarning rekonstruksiyasi bilan shug‘ullanib kelmoqdamiz.

“G‘ijduvon texstroyprogress plyus” MChJ hozirgi kunda G’ijduvon tumanida ikkita turar joy binosining qurilishini tugallash arafasida bo‘lib, viloyatning Qorako‘l tumanida qo‘shimcha 3 ta ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi olib borilmoqda. Jumladan, 2019-2020 yillar oralig‘ida bir necha milliard so‘m hajmdagi mablag‘lar evaziga G’ijduvon bozori hududida ikki qavatdan iborat 3 ta savdo-sotiq do‘konlari tarmog‘i qurib bitkazildi. Shuningdek, o‘tgan davr­da korxona G’ijduvon tumanida “Korzinka” savdo markazining yangi binosining qurilishiga mualliflik qildi.

Shuningdek, korxona Buxoro shahridagi ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlarini olib borib, shaharning infratuzilmasiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, “G‘ijduvon texstroyprogress plyus” MChJ tomonidan amalga oshirilgan loyihalar orasida Qorovulbozor tumanida qurilishi davom etayotgan sement zavodi alohida o‘rin tutadi. Mazkur loyiha 29 mln dollar mablag‘ hisobiga amalga oshirilayotgan bo‘lib, joriy mablag‘larning 15 mln dollari korxona mablag‘lari hisobidan qoplanmoqda. Qolgan 14 mln dollar ulushi bank krediti mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi. Sement zavodining birinchi bosqichi ishga tushirilish arafasida. Mazkur sement zavodi hozirda butun Buxoro viloyatidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, zavodning to‘liq ishga tushirilishi natijasida samaradorlik bir necha karra ortishi ko‘zda tutilmoqda.

Qurilishda klaster shaklidagi tizimning joriy etilishi, odatda quruvchi tashkilotlar uchun xarajatlarning minimal darajada iqtisod qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘ining rivojlantirilishi esa, nafaqat bir korxonaning, balki boshqa korxonalar qatori qurilish materiallari bozorida narxlar muvozanatini saqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. “G‘ijduvon texstroyprogress plyus” MChJ korxonasining qurilish materiallari tarmog‘ida o‘nlab avto­ulovlardan tarkib topgan moddiy-texnik bazasi mavjud. Xususan, 6 dona samosval, 13 metr uzunlikdagi ikki dona plitavoz, 25 va 55 tonnalik 3 dona avtokran, bir nechta mikserlar korxonaning ish jarayonlarida asosiy ko‘makchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir loyihaning negizida mahalliylashtirishga asosiy urg‘u berilmoqda. Shuningdek, tashkil etilayotgan ishlab chiqarish zavodlari va korxonalar uchun ish o‘rinlari tashkil etish talabi ham alohida ahamiyat kasb etadi. “G‘ijduvon texstroyprogress plyus” MChJ korxonasi ham bu borada katta natijalarga erishib, ko‘plab ish o‘rinlarining tashkil etilishiga sababchi bo‘lmoqda. Xususan, hozirgi kunda mazkur korxonada 150 dan ortiq doimiy ishchi o‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Shuningdek, qurilish korxonasining mavsumiy ish tartibiga qarab yana yuzlab yollanma ishchilar mehnatidan foydalanilmoqda.

Bugungi o‘zgarishlar, xalqimizning farovonligini yuksaltirish, hayot darajasini oshirish va fuqarolarimizning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Bu borada “G‘ijduvon texstroyprogress plyus” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu harakatlar tahsinga sazovor. Zero, xalqimiz orasida uy qurgan, yo‘l ochgan kishilarning e’zozlanishi ajib qadriyat sifatida ko‘riladi. Quruvchilar kuni bayrami arafasida el-yurtning xizmatida bo‘lib kelayotgan mazkur korxonaning kelajak loyihalarida unum va muvaffaqiyat tilaymiz.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img