|

|

2026-уіӏ 15-May, Juma
spot_img

Buxoroda viloyatning bosh Xotira maydoni barpo etilmoqda

Muhim xabarlar

Buxoro shahri asriy anʼanalarga sodiq qolgan holda bugun ham zamonaviy arxitektura namunalari asosida tobora koʼrkam qiyofa kasb etmoqda. Tarixiy va zamonaviy inshootlar soni esa ortishda davom etyapti. Xususan, ayni paytda viloyatning bosh Xotira maydoni qurilishi avjida.

“Boqiy Buxoro” tarixiy-etnogrfik parki loyihasi amalga oshirilishi jarayonida viloyatning bosh Xotira maydonini “Bukhara City” zamonaviy turar joy va ishbilarmonlik markaziga koʼchirish rejalashtirilgan edi. Biroq mutaxassis olimlar, qolaversa, viloyat faollarining Xotira maydoni uchun sokin va osuda joy tanlash maqsadga muvofiq ekanligi haqidagi takliflari inobatga olinib, viloyatning bosh Xotira maydonini Islom Karimov va Gazli-shoh koʼchalari kesishmasida joylashgan, 6 gektardan ziyod maydonni egallagan xiyobon hududida, yaʼni, “Boqiy Buxoro” bogʼining yon tomonida bunyod etishga qaror qilindi. Hozirda tajribali meʼmorlar, usta muhandislar tomonidaan Buxoro anʼanaviy meʼmorchiligi durdonalari va zamonaviy shaharsozlik uslublari uygʼunligini oʼzida mujassam etgan Xotira maydonini qurish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img