|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

Farg‘onada Yapon tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi barpo etiladi

Muhim xabarlar

Farg‘ona shahrida qad rostlayotgan Ekoshahar hududida 1 gektar maydonda zamonaviy Yapon tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi barpo etish loyihasini amalga oshirishga kirishayotgan “NAGAI Clinic” kompaniyasi rahbari Koji Nagai bilan muloqotda loyihaning amaliy bosqichlari muhokama qilindi. 11 ta turli yo‘nalishdagi klinikalar, 2 ta dorixona, 20 ta sog‘lomlashtirish muassasasi, massaj, fitnes kabi qator sport-sog‘lomlashtirish markazlari hamda tibbiy ta’lim va sog‘lom turmush tarzini o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazini o‘z ichiga olishi ko‘zda tutilgan ushbu shaharchaning dastlabki loyiha qiymati 8,72 mln dollarni tashkil etib, to‘laligicha yapon investisiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Shaharcha hududida Yaponiyaning go‘zallik va salomatlik uchun mahsulotlar savdosida yetakchi bo‘lgan “DAISO” savdo brendi supermarketini joylashtirish bo‘yicha ham muzokaralar so‘nggi pallaga kirgani ma’lum qilindi. Uchrashuv davomida Farg‘ona viloyati hokimligi va “NAGAI Clinic” kompaniyasi o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Kompaniya rahbari Koji Nagaiga kompaniyaning Farg‘ona viloyatida xorijiy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ham topshirildi. Ushbu tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi Yaponiyaning “Micado Development” kompaniyasi tomonidan “Ekoshahar”da 3 gektar maydonda barpo etishga kirishilgan qiymati 15 mln AQSh dollarilik “Shogun city” yapon bog‘i, mehmonxona, restoranlar majmuasi bilan uyg‘unlik kasb etadi. Uchrashuvda kompaniya rahbari Okuda Takefumi bilan “Fergana Shogun” majmuasi qurilishi jarayonlari ham muhokama qilindi. “Micado Development” rahbari majmua qurilish loyihasini ishlab chiqish jarayonida mehmonxona qismida xonalar soni 60 tadan 100 taga orttirilgani, savdo va ovqatlanish shoxobchalari sig‘imi kengaytirilganini ma’lum qildi. Majmuaga shu yil oktyabr’ oyida tamal toshi qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, uchrashuvda joriy yil noyabr’ oyida tashkil etilishi belgilangan Farg‘ona-Yaponiya biznes forumini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Xojiqo‘zijon Isaqov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Lazizxon Pozilov ishtirok etdilar.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img