|

|

2026-уіӏ 17-May, Yakshanba
spot_img

FARG‘ONANING YaNGI ShAHARChASIGA BIR KELING

Muhim xabarlar

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, Farg‘ona viloyatida ham bunyodkorlik ishlari yanada avj olgan. Yangi shaharchalar, massivlar barpo etilyapti, osmon bilan bo‘ylashayotgan uy-joylar qad rostlayapti.

O‘tgan yilda viloyatda 150 ta 8 ming 500 xonadonli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yil yakuniga qadar viloyatda 220 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish rejalashtirilgan. Farg‘ona shahridagi tosh-shag‘aldan iborat dashtda boshlangan Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi yanada qizg‘in davom etmoqda. Loyihaning birinchi bosqichi yakuniga yetkazilib, umumiy maydoni 300 gektar bo‘lgan yangi shaharda bugungi kunda 2 ming 800 xonadondan iborat 75 ta ko‘p qavatli uylar qurib bitkazildi. Yil oxiriga qadar yana 1 ming 500 ta xonadonga ega 25 ta 12 qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Xitoylik investorlar tomonidan qiymati 25 million AQSh dollari bo‘lgan, Farg‘ona vodiysida yagona 30 qavatli muhtasham majmua qurilishi boshlandi. “ECO TOWER” binosida mehmonxona, turar joy, savdo va ko‘n- gilochar majmualari o‘rin oladi. Shuningdek, Yaponiyalik investorlar tashabbusi bilan 3 gektar maydonda Yapon bog‘i va mehmonxonasi, bir gektar maydonda zamonaviy tibbiyot klinikasi qurilishiga kirishildi. Shveysariyaning “RABAT” kompaniyasi tomonidan 4,5 gektar yer maydonida zamonaviy savdo kompleksi qad ko‘taradi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img