|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

ShAHARSOZLIK SOHASIDA yevrokodlar tatbiq qilinadi

Muhim xabarlar

Yevrokodlar parametrik me’yorlash xarakteridagi hujjat bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish emas balki har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni, geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

Yevrokodlarni texnik me’yorlash tizimida konstruksiyalar mustahkamligi, xavfsizligi va shu bilan bog‘liq jihatlarni hisobga olgan holda, milliy normativlar qatorida asosiy emas, balki muqobili sifatida qabul qilish rejalashtirilgan. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, milliy normativlarimiz mustaqilligi va xalqaro normalarga uyg‘unlashtirgan holda saqlab qolinadi. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, milliy normativlarimiz mustaqilligi va xalqaro normalarga uyg‘unlashtirgan holda saqlab qolinadi.
Shu o‘rinda, yevrokodlarning afzalliklari qanday omillarda ko‘zga tashlanadi?
Avvalo, raqobatbardoshlik uchun shaffof asos yaratiladi, qurilish mahsulotlarining ichki bozorini to‘ldirishga erishiladi. Qolaversa, BIM dasturlarini O‘zbekiston sharoitida to‘liq qo‘llash imkoni paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish va sotish tannarxini kamaytirish orqali qo‘shimcha qiymatni ta’minlashga erishiladi.
O‘zbekistonda bino-inshootlar konstruksiyalarining xavfsizligi, ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yong‘in xavfsizligi, energiya samaradorligini ta’minlash uchun zarur talablarga javob beradigan umumiy mezon va loyihalash usullarini ta’minlash pirovard maqsad qilingan. Shuningdek, mulk egalari, buyurtmachilar, loyihachilar, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilar, pudratchilar va ekspluatasiya qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida konstruktiv loyihalash jarayoni haqida umumiy tushuncha ta’minlanadi.
Yevrokodlarni joriy qilishda, shuningdek, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida qurilish sohasida xizmatlar almashinuviga hamda qurilish materiallari va elementlari marketingini tashkil qilish, ulardan foydalanishga ko‘maklashish imkoni vujudga keladi. Qurilish sohasida ilmiy-tadqiqot va innovasion ishlanmalar uchun yagona asos yaratiladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img