|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

TA’LIM MUASSASALARI YaNGI QIYoFADA

Muhim xabarlar

O‘zbekiston tumanidagi “Kichik Tagob” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 35-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi uchun 150 o‘rinli, ikki qavatli zamonaviy bino qurilishi boshlandi. Bunyodkorlik ishlari joriy yilgi investisiya dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasining shu kungacha foydalanib kelingan bino-inshootlari dastlab, 1974 yilda dala shiyponi sifatida barpo etilgan. Keyinchalik, 1984 yilda sobiq jamoa xo‘jaligiga qarashli bolalar bog‘chasi sifatida ish boshlagan maskan moslashtirilgan binoda faoliyat yuritib kelgan. So‘nggi vaqtlarda ushbu muassasadagi 5 ta guruhda 130 nafar bola tarbiyalanayotgan edi. Ko‘p yillik muammoni bartaraf etish maqsadida ma’nan eskirgan bino o‘rnida 150 o‘rinli, 2 qavatli zamonaviy maskan barpo etish yuzasidan investisiya loyihasi tayyorlandi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 3 milliard 883 million so‘m mablag‘ ajratildi. Hozirda pudrat tashkiloti tomonidan muassasada qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston tumanining Yaypan shahrida joylashgan 49-umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilidan boshlab zamon talablari asosida o‘qish va o‘qitish imkoniyatlari yanada kengayadigan bo‘ldi. Joriy yilgi Investisiya dasturi asosida ta’lim dargohi uchun 510 o‘rinli 3 qavatli qo‘shimcha o‘quv binosi bunyod etilmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlariga 4 milliard 443 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Maktabning dastlab, 1970 yilda qurilgan mavjud binolari 860 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, so‘nggi o‘quv yilida maskanda qariyb 1 640 nafar o‘quvchi ikki navbatda tahsil olishgan edi. Maktabning dastlab, 1970 yilda qurilgan mavjud binolari 860 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, so‘nggi o‘quv yilida maskanda qariyb 1 640 nafar o‘quvchi ikki navbatda tahsil olishgan edi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img