Viloyatning so‘lim aholi punkti
– Shohimardon qishlog‘idan o‘tgan Ko‘ksuv daryosi bo‘yida bunyod etilgan mazkur mikro GESda 2 ta gidroagregat o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali yiliga o‘rtacha 13 mln kVt/soat
elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 3,5 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish hamda 5 ming 400 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishiladi. Ahamiyatlisi, GES ishga tushirilishi orqali 8 nafar yangi ish o‘rni ham yaratildi. Ma’lumot uchun: bugungi kunda Shohimardon qishlog‘idagi 1 205 ta xonadonda 7 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Mazkur mikroGES markaziy tarmoqdan uzilgan holda ham qishloq aholisiga elektr energiyasini yetkazib bera oladi. Hudud aholisi va 40 dan ortiq ulgurji iste’molchi tomonidan 2023 yilda 9,8 mln kVt/soat elektr energiya iste’mol qilingan.



