Kurash sport turi keng ommalashgan Sayxunobodning Paxtaobod mahallasida viloyat prokuraturasi va tuman hokimligi tashabbusi bilan kurash mahorat maktabi tashkil qilindi
Maktab shu hududdagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi negizida tashkil etilgan bo‘lib, barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 150 nafar sportchi o‘z mahoratini oshirish imkoniyatiga ega. Tadbir doirasida viloyat prokurori kubogi musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda 100 ga yaqin yosh kurashchi 3 vazn toifasida o‘zaro bellashdilar. Yakunda g‘oliblar medal’ va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maktabning ochilish marosimida viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliev, viloyat prokurori Savid Imatov, tuman mutasaddilari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

