|

|

2026-уіӏ 15-May, Juma
spot_img

Dovrug‘i dunyoga doston Axsikent

Muhim xabarlar

Avvallari yo‘limiz tushib, To‘raqo‘rg‘on tumanining oxiri va Mingbuloqning boshlanish qismidagi ko‘prikka yetay deganda, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi adirlikka monand balandlikning o‘rtasida g‘orga o‘xshash arkali tuynuk hamisha e’tiborimizni tortardi. Va, beixtiyor o‘sha g‘orning ichkarisida qanday sir-sinoat yashiringani haqida o‘ylardik. Pishiq g‘ishtdan tiklangan mehrob shaklidagi ushbu obida – ko‘hna Axsikent shahrining kichik bir qismi ekanligi haqida ko‘p eshitgandik. Bu safar muxbir sifatida mazkur arxeologik yodgorliklar yashirinib, yastanib yotgan hududga borib, bu yerda qanday bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani bilan qiziqdik.

Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, bu yerda turizm klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqilishi barobarida mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan tegishli ishlar ham olib borilmoqda. Bosh rejaga ko‘ra, tadqiqot olib borilgan ob’ektlarda ochiq osmon ostidagi muzeylar barpo etiladi. Markaziy Osiyodagi eng katta muzey tashkil etilib, ramziy darvoza quriladi. Sayyohlarga Sirdaryo bo‘ylab qayiqlarda sayr qilish, tuyada ko‘hna shaharni tomosha qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan tashqari, ikkita mehmonxona, karvonsaroy, restoran va ovqatlanish tarmog‘i, milliy hunarmandchilik rastalarini o‘z ichiga olgan markaz, Axsikent arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi ma’muriy binosi, bir so‘z bilan aytganda, zarur infratuzilma, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi. E’tiborli jihati shundaki, Axsikent turizm klasterini yaratish bo‘yicha o‘rganishlar natijasida nafaqat tarixiy obida, balki o‘zida 15 xil turizm mahsulotini taklif etadigan markaz bo‘lish imkoniyatiga ega, degan xulosaga kelindi. Tarixni sevadiganlar uchun arxeologik topilmalar, Sirdaryo baliqlari restoranlar tarmog‘i, vodiy noyob qo‘lyozmalar kutubxonasi, ziyorat turizmi ob’ektlari va Chust pichog‘i, qilichlari ustaxonalari, Qo‘qon ipak qog‘ozi markazi hamda Axsi kulolchilik ustaxonalari, etno-moda, kamonchilik, chavandozlik kabi boshqa milliy o‘yinlarni o‘z ichiga oluvchi etno-sport markazlarini tashkil etish shular jumlasidandir. Bu manzildan 5 kilometr masofadagi Yakkatom mahallasida nodir qo‘lyozmalarni o‘rganish ilmiy markazi, osori-atiqalar muzeyi, mehmonxona va arxeologik manzillar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan yirik maskan – Yangi Axsi ziyora turizm majmuasi barpo etilmoqda. Zamonaviy sayyohlarning barchasi smartfondan foydalanishini hisobga olib, Oliy ta’lim fan va innovasiyalar hamda Raqamli texnologiyalar vazirliklari bilan hamkorlikda turizm mobil ilovalari yaratiladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img