Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida soha mutaxassislari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha qabul bo‘lib o‘tdi.
Xususan, unda Yunusobod va Shayxontohur tumanlaridan kelgan 10 ga yaqin fuqaro noqonuniy qurilishlar hamda turar joy binosini ixtisoslashtirish kabi masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Qabul jarayonida aholining sohaga doir 40 dan ziyod muammosi tinglanib, mutaxassislar tomonidan ijobiy hal etildi.
Shuningdek, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi.


