|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON KO‘P QIRRALI HAMKORLIGIDA YaNGI DAVR BOShLANMOQDA

Muhim xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga 18 iyul’ kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Qo‘shnisiga yaxshilik sog‘inib, hamisha tinch bo‘lishini tilagan, yutug‘idan quvonadigan xalqmiz. Onalarimiz tansiqroq biror yegulik pishirsa avval bir devor nariga, hamsoyasiga ilingan. O‘ziga ravo ko‘rganini boshqalar bilan ham bo‘lishgan. Bunda katta hikmat bor. Ota-bobolarimiz bir ro‘zg‘orning boshqalardan ayro baxtiyor bo‘la olmasligini yaxshi bilgan. Kuchning birlikda ekanligini ta’kidlashlarining ma’nosi ham shunda. Mamlakatimizning keyingi yillarda qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga intilayotgani zamirida ham ana shu ko‘p yillik qadriyat mujassam. O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasi bilan “bir devor” qo‘shni. Quda-anda, bordi-keldi, oldi-sotdi masalalari o‘ziga xos tarixga ega. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida Qirg‘iz Respublikasi delegasiyasi vakillariga mazkur ansambl’ mazmuni va me’moriy yechimlari haqida ma’lumot berildi. Delegasiya a’zolari majmuada aks ettirilgan allomalar, buyuk sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimizning siymolariga alohida e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img